Ben White
Benjamin William White (1997-yil 8-oktabrda tugʻilgan) – ingliz professional futbolchisi, Premer-liganing „Arsenal“ klubi va Angliya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.[1][2] White oʻzining katta klubdagi faoliyatini 18 yoshida 2016-yilda „Brighton & Hove Albion“da boshlagan. U 2016 va 2019-yillar oraligʻida „Newport County“, „Peterborough United“ va „Lids Yunayted“da ketma-ket ijara asosida oʻynagan. Keyinchalik u toʻrt yil Angliya professional ligasida oʻynadi va „Lids“ bilan chempionlikni qoʻlga kiritdi. „Brayton“ bilan bir mavsumdan soʻng, White 2021-yilda „Arsenal“ga 50 million funt sterling miqdoridagi transferni imzoladi. White 2021-yilda 23 yoshida Angliya terma jamoasi safida debyut qilgan va UEFA Euro 2020 uchun 26 nafar futbolchidan iborat tarkibga kiritilgan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 1997-yil 8-oktabr | ||
Tavallud joyi | Poole, Angliya | ||
Boʻyi | 1.82m | ||
Ampluasi | Markaziy himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Arsenal | ||
Raqami | 4 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2017–2018 | Newport County (ijara) | 42 | (1) |
2019 | Peterborough United (ijara) | 15 | (1) |
2019–2020 | Leeds United (ijara) | 46 | (1) |
2021- | Arsenal | 32 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2021- | Angliya | 4 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Milliy jamoadagi karyerasi
tahrir2021-yilning 25-mayida White Angliyaning UEFA Euro 2020 uchun 33 kishilik vaqtinchalik tarkibiga kiritildi, turnir COVID-19 pandemiyasi natijasida keyingi yilga qoldirilgani sababli 2021-yilning yozida boʻlib oʻtdi.[3] Bu Whitening milliy terma jamoadagi birinchi chaqiruvi edi.[4] U 1-iyun kuni tarkibdan chiqarib yuborilgan yetti nafar futbolchidan biri edi, ammo qisqartirilgan futbolchilar Avstriya va Ruminiyaga qarshi ikkita tayyorgarlik oʻyinida jamoada qolishdi. White Angliyadagi debyutini 2-iyun kuni Avstriyaga qarshi oʻyinda (1:0) Grealishning oʻrniga zaxiradan maydonga tushib oʻtkazadi. U Alessandro Schöpfning chiziqdan yoʻllagan zarbasini bartaraf etib, hisobni tenglashtirishga toʻsqinlik qildi.[5] U Angliya terma jamoasida oʻynagan beshinchi „Brayton“ oʻyinchisiga aylandi va 2018-yilning noyabrida „Albion“ jamoasidagi doʻsti va sardori Lyuis Dank terma jamoa safiga qoʻshilganidan soʻng uch yillik ichidagi ikkinchi oʻyinchi boʻldi.[6] U oʻzining birinchi asosiy tarkibdagi oʻyinini (umumiy hisobda ikkinchi oʻyin) 6-iyun kuni Ruminiya jamoasiga qarshi oʻtkazdi va butun oʻyin davomida maydonda harakat qildi. Oʻyinda Angliya jamoasining 1:0 hisobida gʻalaba qozonishiga yordamlashdi.[7] 7- iyun kuni White Yevro-2020 uchun 26 nafar futbolchidan iborat tarkibda jarohat olgan Trent Aleksander-Arnoldning oʻrnini egalladi.[8] Angliya chempionatda ikkinchi oʻrinni egallagan turnirda White maydonga biror marta tushirilmadi. Biroq, bosh murabbiy Southgate maydonga tushmagan oʻyinchilarni ham maqtadi.[9][10]
Oʻyin uslubi
tahrirWhite yaxshi texnik qobiliyatga ega boʻlgan markaziy himoyachi sifatida tanilgan va sobiq bosh murabbiy Michael Flynn tomonidan oxirigacha oʻynash uslubi uchun maqtovga sazovor boʻlgan. White oʻzini „xotirjam“ oʻyinchi sifatida taʼriflaydi.[11] White, shuningdek, toʻp bilan oldinga, xujumga oʻtishlari bilan ham koʻpchilikning etiborini tortgan. Bu harakatlari sababli dastlabki murabbiyi Michael Flynn uni yarimhimoya hamda oʻng qanot himoyasida ham oʻynatgan. [12]
Arsenal klubidagi karyerasi
tahrir2021-yilning 30-iyulida White 50 million funt sterling evaziga Premer-liganing „Arsenal“ klubi bilan shartnoma imzoladi.[13] U 13-avgust kuni Premer-liganing 2021-22 yilgi mavsumining ochilish oʻyinida debyut qildi va bu oʻyinda jamoasi bilan Premer-ligaga yangidan qoʻshilgan „Brentford“ga 2:0 hisobida magʻlub boʻldi.[14] White 22-avgust kuni boʻlib oʻtgan „Arsenal“ning navbatdagi oʻyinida, londonlik raqib „Chelsi“ga qarshi oʻyinda, ijobiy COVID-19 testi tufayli oʻtkazib yubordi.[15] U 11-sentabr kuni jamoa safiga qaytganidan soʻng, „Emireyts“ stadionida debyutini oʻtkazdi va „Norvich Siti“ ustidan 1:0 hisobidagi gʻalabaga hissa qoʻshdi. White oʻzining birinchi Shimoliy London derbisida „Tottenhem“ga qarshi 26-sentyabr kuni oʻynadi, u butun 90 daqiqa davomida maydonda boʻldi. Bu oʻyinda „Arsenal“ 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.[16] 2-oktyabr kuni White „Brayton“ni tark etganidan keyin „Falmer“ stadioniga birinchi marta qaytdi va u yerda „Arsenal“ uchun toʻliq oʻyinni oʻtqazdi va sobiq jamoasi bilan 0:0 hisobidagi durang natijani qayd etdi.[17]
Jamoa | Mavsum | Liga | FA Cup | EFL Cup | Boshqa | Umumiy | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Brighton & Hove Albion U23/21 | 2016–17 | — | — | — | — | 3 | 0 | 3 | 0 | |||
2018–19 | — | — | — | — | 3 | 0 | 3 | 0 | ||||
Umumiy | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 | 6 | 0 | ||
Brighton & Hove Albion | 2016–17 | Championship | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | — | 2 | 0 | |
2018–19 | Premier League | 0 | 0 | — | 0 | 0 | — | 0 | 0 | |||
2020–21 | Premier League | 36 | 0 | 2 | 0 | 1 | 0 | — | 39 | 0 | ||
Umumiy | 36 | 0 | 2 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 41 | 0 | ||
Newport County (ijara) | 2017–18 | Ikkinchi liga | 42 | 1 | 5 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | 51 | 1 |
Peterborough United (ijara) | 2018–19 | Birinchi liga | 15 | 1 | 1 | 0 | — | — | 16 | 1 | ||
Leeds United (ijara) | 2019–20 | Championship | 46 | 1 | 1 | 0 | 2 | 0 | — | 49 | 1 | |
Arsenal | 2021–22 | Premier League | 32 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 | — | 37 | 0 | |
Umumiy karyera | 171 | 3 | 10 | 0 | 11 | 0 | 8 | 0 | 200 | 3 |
Manbalar
tahrir- ↑ "Premier League clubs publish 2019/20 retained lists". Premier League. 26 June 2020. Retrieved 9 July 2020.
- ↑ Elliot, Ed (25 May 2021). „Ben White: An in-demand defender who paddleboards – all you need to know about England call-up“. The Independent. London. Retrieved 4 June 2021.
- ↑ "Resolution of the European football family on a coordinated response to the impact of the COVID-19 on competitions". UEFA. 17 March 2020. Retrieved 17 March 2020.
- ↑ "England name provisional Euro 2020 squad: Ben White, Ben Godfrey, Aaron Ramsdale and Sam Johnstone in". BBC Sport. Retrieved 25 May 2021.
- ↑ "England 1–0 Austria". BBC Sport. Retrieved 2 June 2021.
- ↑ "Lewis Dunk has certainly seized the moment to get England call-up – Ian Hine". Brighton & Hove Independent. 12 October 2018. Retrieved 8 June 2020.
- ↑ "England 1-0 Romania". BBC Sport. 6 June 2021. Retrieved 6 June 2021.
- ↑ "White completes EURO squad". EnglandFootball. 7 June 2021. Retrieved 7 June 2021.
- ↑ "Italy v England Euro 2020 final: Watch live, score, updates & reaction – Live – BBC Sport". BBC Sport. 11 July 2021. Retrieved 11 July 2021.
- ↑ "Going spare: the five England players yet to play but no less important". The Guardian. 9 July 2021. Retrieved 11 July 2021.
- ↑ "„I’M ABSOLUTELY BUZZING TO BE HERE“ BEN WHITE". Leeds United F. C. Retrieved 1 July 2019.
- ↑ "Why Leeds United signed centre-back Ben White – and what to expect from him". Leeds Live. Retrieved 27 July 2019.
- ↑ "Ben White: Arsenal sign England defender from Brighton in £50m deal". BBC Sport. 30 July 2021. Retrieved 30 July 2021.
- ↑ McNulty, Phil (13 August 2021). „Brentford 2–0 Arsenal: Bees earn fully deserved win over Gunners“. BBC Sport. Retrieved 13 August 2021.
- ↑ "Arsenal team news: White to miss Chelsea game due to positive coronavirus test". The Athletic. 22 August 2021. Retrieved 23 August 2021.
- ↑ McNulty, Phil (26 September 2021). „Arsenal 3–1 Tottenham: Gunners defeat north London rivals at Emirates Stadium“. BBC Sport. Retrieved 26 September 2021.
- ↑ Howarth, Matthew (2 October 2021). „Brighton & Hove Albion 0–0 Arsenal: Wasteful Seagulls held by Gunners“. BBC Sport. Retrieved 2 October 2021.