BENGAL (BANGOL) OLOVI - bariy nitrat (oksidlovchi), kukun holdagi alyuminiy yoki magniy (yoqilgʻi), dekstran yoki kraxmal (sementator) va temir yo poʻlat qipigʻidan tuzilgan pirotexnik aralashma. U temir sim boʻlaklariga surilib, bengal shamlari yasaladi. Bengal olovi yoqilganda sekin yonib, chaqnovchi ravshan uchqunlar (havoda yonib boʻladigan metall zarrachalari) sochadi. Qogʻoz gilzalarga toʻldirib tayyorlangan Bengal olovi mushakbozlikda, bayram tantanalarida va signalizatsiyada ishlatiladi[1].

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  1. Bengal chiroqlaridan foydalanish