Benjamin Mendi (fransuzcha: Benjamin Mendy, fransuzcha talaffuzi: ​[bɛ̃.ʒa.mɛ̃ mɑ̃.di]) 1994-yil 17-iyulda Fransiyaning Longjumeau shahrida tugʻilgan. Asli senegallik boʻlgan fransuz futbolchisi "Manchester City" va Fransiya terma jamoasining chap qanot himoyachisi, shuningdek 2018-yilning Jahon chempioni boʻlishga ham muvofiq boʻldi. 2017-yilda Benjamin „Manchester City“ga shartnoma asosida oʻtib, futbol tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylandi.

Benjamin Mendy Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Tugʻilgan 1994-yil 17-iyul(1994-07-17)[1] (28 yosh)Lonjyumo, Fransiya
Fuqaroligi
Boʻyi 185 sm
vazni 85 kg
Pozitsiya chap qanot himoyachisi
Klubdagi faoliyati
Klub Flag Anglii Manchester City
Raqami
Yoshlar klubida
2000—2007 Flag Fransii Palezo
2007—2011 Flag Fransii Gavr
Klublardagi faoliyati
2011—2013 Flag Fransii Gavr 57 (0)
2013—2016 Flag Fransii Olimpik Marsel 82 (2)
2016—2017 Flag Fransii Monako 25 (0)
2017—n. v. Flag Anglii Manchester Siti 50 (2)
Milliy terma jamoa safida
2009—2010 Flag Fransii Fransiya (U 16) 15 (1)
2010—2011 Flag Fransii Fransiya (U 17) 17 (1)
2011—2012 Flag Fransii Fransiya (U 18) 5 (1)
2012—2013 Flag Fransii Fransiya (U 19) 12 (0)
2017—2019 Flag Fransii Fransiya 10 (0)
Xalqaro medallari
Jahon chempionati
Oltin Rossiya 2018
Davlat mukofoti va unvonlari
Logotip Vikisklada Mediafayli na Vikisklade

U „Palaiseau“ jamoasida yangi faoliyatini boshladi. Soʻngra 2007-yilda esa „Harve“ akademiyasiga koʻchib oʻtdi va shu yerda yana toʻrt yil yoshlar jamoasida oʻyinlar olib boradi. Shundan soʻng 2011-yil iyul oyida oʻzining birinchi professional shartnomasini imzoladi. 2011-yilning 12-avgustida „Amiens“ ga qarshi oʻyinda jamoada debyut uyushtirdi. Birinchi mavsumida Benjamin 29 oʻyin oʻtkazdi va asosiy tarkibdan joy oldi. Oʻshanda himoyachi 17 yoshda edi. Keyingi mavsumda Benjamin Mendi 2-Liga oʻyinlarini deyarli oʻtkazib yubormadi va yana 32 ta uchrashuvda qatnashdi (31 ta asosiy tarkibda). U Fransiyaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasining asosiy himoyachisi boʻlib, yevropa chempionatida ham maydonga tushdi[2].

2013-yilning yozida „Mandy Marcel“ga koʻchib oʻtdi. Transfer summasi 3,5 million yevroni tashkil qilar edi. Futbolchi uchun boshqa daʼvogarlar qatorida „Lion“ va „Sent-Etyen“ klublari ham bor edi. Shuningdek 11-avgust kuni 1-Liga oʻyinlarida „Guingamp“ga qarshi debyut yana bir navbatdagi debyutini uyushtirdi. 2013-yil 24-sentabrda „Sent-Etyen“ga qarshi oʻyinda Benjamin „Marsel“ safida ilk golini kiritdi. Benjamin yosh boʻlishiga qaramay, muntazam ravishda asosiy tarkibda maydonga tushdi va mavsumning ikkinchi yarmida janubiylar himoyasining asosiy oʻyinchisiga aylandi. Marselo Bielsa davrida „Marsel“ning asosiy himoyachisi hisoblanardi. Benjamin Mendi 1-Liga oʻyinlarida 33 oʻyin oʻtkazgan va faqat bir marta zaxiradan maydonga tushgan. U oltita golli uzatmani amalga oshirdi va jamoasiga yevropa musobaqalariga yoʻllanmani qoʻlga kiritishga yordam berdi.

2015-yilning yozida „Milan“ Imbul va Benjamin uchun 28 million yevro taklif qilgan himoyachini sotib olishga uringan, biroq „Provence“ rahbariyati rad javobini bergan. Mendi keyingi mavsumni ispaniyalik mutaxassis Mishel qoʻl ostida boshladi. U jamoadagi oʻrnini yoʻqotmadi va sentyabr oyida Bastiyaga qarshi oʻyinda yana bir golini kiritdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. 2015-yilning 17-sentyabr kuni Yevropa ligasida „Groningen“ jamoasiga qarshi oʻyinda (0:3) debyut qilgan. Keyinchalik esa guruh bosqichining barcha oltita oʻyinini oʻtkazdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi soʻngra, jamoaga turnirning „play-off“ bosqichiga yoʻl olishiga oʻz hissasini qoʻshdi. 2015-yilning 6-yanvarida Benjamin Mendi „Olimpik“ bilan shartnomani 2019 yilgacha uzaytirdi.

2016-yilning yozida Mendi „Monaco“ jamoasiga oʻtib navbatdagi besh yillik shartnomani imzoladi. Transfer summasi 12 million yevroni tashkil qildi. 27-iyul kuni Chempionlar ligasi saralash bosqichi doirasida Turkiyaning "Fenerbaxche" jamoasiga qarshi oʻyinda Benjamin yangi jamoa safida debyut oʻtkazdi. 12-avgust kuni „Guingamp“ga qarshi duelda Benjamin Monegasklar safida chempionatda debyut yana bir oʻz debyutini oʻtkazishga erishdi. 2017-yilda esa AS „Monako“ga 17 yil ichida birinchi marta ligada gʻolib chiqishga koʻmaklashdi.

2017 yilning 24 iyulida Mendi Angliyaning ,,Manchester City" klubi bilan besh yillik shartnomani imzoladi va futbol tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylandi (uning baxosi 57,7 million yevroni tashkil qilgan). „Manchester City“ yozda yangi oʻyinchilar uchun 225 million yevrodan ortiq mablagʻ sarfladi va 26-avgust kuni Benjamin Premer-ligadagi debyutini Bornmut terma jamoasiga qarshi oʻtkazdi. „Manchester City“ jamoasi safida atigi 5 ta oʻyin oʻtkazgan ammo, „Crystal Palace“ bilan oʻyinda Benjamin tizzasidagi xochli bogʻlamlarini yirtib tashladi va jarohati tufayli olti oyni oʻtkazib yubordi. Debyut mavsumida esa Angliya chempioniga aylandi.

2011-yilda Fransiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Benjamin Meksikada boʻlib oʻtgan yoshlar turnirida Meksika Argentina va Yamayka davlatlari oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. 2013-yilning yoz oylarida Mendi Fransiya yoshlar terma jamoasi tarkibida yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida kumush medallarni qoʻlga kiritdi. Turnirda boʻlsa Turkiya va Gruziya bilan oʻtkazilgan duel oʻyinlarida qatnashdi[3].

2017-yilning 25-mart kuni Lyuksemburgga qarshi JCh-2018 saralash bahsida Mendi Fransiya terma jamoasi safida debyut uyushtirda soʻngra 2018 yilda Mendi Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida gʻolib chiqdi. Turnirda Benjamin Daniya jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi.

Yutuqlar

tahrir

"Monako"

"Manchester City"

  • Angliya chempioni (3 karra): 2017/18, 2018/19, 2020/21
  • Futbol Ligasi kubogi sohibi (2 karra): 2019/20, 2020/21
  • Angliya Superkubogi gʻolibi: 2018-yil

Fransiya terma jamoasi (19 yoshgacha)

  • Yevropa chempioni (19 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar): 2013-yil

Fransiya terma jamoasi

Shaxsiy yutuqlari

Havolalar

tahrir
  1. Benjamin Mendy // Transfermarkt.com (mn.) – 2000.
  2. Kolichestvo igr i golov za professionalniy klub schitaetsya tolko dlya razlichnix lig natsionalnix chempionatov, obnovleno po sostoyaniyu na 15 avgusta 2021 goda.
  3. Kolichestvo igr i golov za natsionalnuyu sbornuyu v ofitsialnix matchax, obnovleno po sostoyaniyu na 17 noyabrya 2019 goda.
  4. „Décret du 31 décembre 2018 portant promotion et nomination“ (fr). Legifrance. Qaraldi: 2020-yil 24-aprel.