Bensu Soral — turk aktrisasi. 1991-yil 23-mart sanasida Turkiyaning İnegöl shahrida tavallud topgan.

Hayoti va ish faoliyati tahrir

U Bursadagi İnegöl Anadolu litseyida o'qigan. Hozirgi vaqtda esa Bensu Soral Marmara universitetining tasviriy san'at fakultetida grafika bo'yicha tahsil olmoqda. U o'z aktrisalik ish faoliyatini opasi aktirsa Hande Soralning ko'magida boshlagan. Ilk bora u Engin Altan Düzyatan bilan klassik romanga asoslangan „Yol Ayrımı” serialida tele ekranlarda ko'rinish beradi. U Çağlar Ertuğrul, Öznur Serçelerlar bilan birgalikda yoshlar uchun mo'ljallangan „Boynu Bükükler”(Bo'yni egilganlar) serialida rol ijro etadi. Shuningdek, u Turkiyaning bir qator mashhur aktyor va aktrisalari bilan „Tatlı Küçük Yalancılar”(Yoqimtoy yolg'onchilar) teleserialida ham suratga tushadi. Keyinchalik, 2016-yilda Çağatay Ulusoy bilan juftlik sifatida „İçerde”(Ichkarida) jinoiy serialida ham Malak ismi bilan ham shuhrat qozonadi.

Filmografiyasi tahrir

Televideniye
Yil Film nomi Ijro etgan roli Qaydlar
2012 Yol Ayrımı Ayşe Ikkinchi darajali rolda
2013 Vicdan Müge
2014 Boynu Bükükler Miray
2015 Tatlı Küçük Yalancılar Aslı Bosh rolda
2016-2017 İçerde Melek Yılmaz
2021 Cam Tavanlar Leyla
2022- Tuzak Ceren Gümüşay
Ijtimoiy tarmoq
Yil Film nomi Ijro etgan roli Qaydlar Platforma
2022 Private lesson Azra Bosh rolda Netflix
Kinoteatr
Yil Film nomi Ijro etgan roli Qaydlar
2018 Dişarda 2 Leyla Özdemir Bosh rolda
2019 Organize Işler: Sazan Sarmalı Nazlı Noyan
Hozirgi vaqtga qadar Intoxicated by Love Maryam Ikkinchi darajali rolda

Mukofotlari tahrir

Bensu Soral 2015-yil „Oltin kapalak“ mukofotini „Porlayotgan yulduz“ nominatsiyasida qoʻlga kiritdi.

Havola tahrir

1. https://www.ensonhaber.com/galeri/bensu-soraldan-sukru-ozyildiz-itirafi