Benzantron boʻyoqlar — benzantron asosida olinadigan boʻyoqlar. Benzantron molekulasi toʻrtta kondensatlangan olti aʼzolik halqali birikmadan iborat boʻlib, uning oʻzi boʻyash xossasiga ega emas. Benzantron boʻyoqlar ikki molekula benzantronni kondensatlab, turtta vodorod atomi ajratish va ikkita uglerod — uglerod bogli birikma hosil qilish yoʻli bilan olinadi. Kondensatsiya sharoitiga karab violantron yoki izoviolantron hosil boʻladi. Ikkala birikma oʻzining pishikligi, turli jilosi va ranglarining tiniqligi bilan ajralib turadi. Bularning baʼzi birlari pigment sifatida ham ishlatiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Benzantron boʻyoqlar" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil