Ber (rus. biologicheskiy ekvivalent rentgena — rentgenning biologik ekvivalenta) — ionlovchi nurlanish ekvivalent dozasining birliklar tizimiga kirmagan birligi. Tirik organizm 1 rentgen gammanurlanish olganda qanday biologik effektga (taʼsirga) duchor boʻlsa, 1 ber ionlovchi nurlanish olganda ham shunday biologik effektga duchor boʻlishini ifodalaydi. 1 ber=0,01 J/kg (1963 yilgacha rentgenning biologik ekvivalenti sifatida anikdangan).

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil