Ber qonuni – daryolarning oqish qonuniyatini aks ettiradigan qonun. 1857-yilda rus tabiatshunosi K. M. Ber topgan. Daryolar Shimoliy yarim shardan oʻng tomonga, Janubiy yarim shardan chap tomonga burilishga intilib oqadi. Shu tufayli, daryolar qaysi tomonga oqishidan qatʼi nazar, Shimoliy yarim sharda daryoning oʻng qirgʻogʻini, Janubiy yarim sharda chap qirgʻogʻini koʻproq yuvib boradi. K. M. Ber bu hodisa Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi taʼsiri ekanligini isbot qildi. Nazariy mexanika qonunlaridan maʼlumki, aylanayotgan sistemada harakat qilayotgan jism Koriolis tezlanishi deb ataladigan qoʻshimcha tezlanishga uchraydi. Shimoliy yarim sharda bu tezlanish asosiy harakatdan oʻng tomonga, Janubiy yarim sharda esa chap tomonga yoʻnaladi. Bu tezlanish yuqori kengliklarda kuchli boʻladi, ekvatorga tomon kamaya borib, ekvatorda noʻlga tenglashadi.

Yana qarang

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil