Berber tili
Berber tili — berberlar tili. Xom-som tillari oilasiga mansub. Liviya, Tunis, Jazoir, Marokash, Mavritaniya, Mali, Yuqori Volta, Niger, Nigeriya, Chad va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. 300 ga yaqin shevadan tarkib topgan. Bularni beshta asosiy lahja guruhlariga birlashtirish mumkin: tuareg lahjasi (Liviya, Jazoir, Mali, Niger, Nigeriya, Chad), zenet lahjasi (Jazoir, Shimoniy Marokash), tamaziy lahjasi (Marokash), tashelhayt lahjasi (Marokash), zenaga lahjasi (Mavritaniya). Misr, Suriya, Liviya, Tunis va Mavritaniyada arab tili berber tili ni siqib chiqarayotgan boʻlsa, Jazoir va Marokashda berber tili da soʻzlashuvchilar yil sayin koʻpaymoqda. berber tili da urgʻu juda kuchsiz. Oʻzak bir, ikki, uch, hatto turt undoshdan tuziladi. berber laxjalarining fonetik, morfologik, sintaktik va leksik birligi yagona berber tili mavjudligiga asos boʻladi. berber, arab va lotin alifbolari yordamida berber tili va uning lahjalarini yozib olishga harakat qilingan.[1]
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |