Berdishev Abdumauvlen Suleymanovich (1958-yil 7-aprel, Toshkent viloyati, Orjonikidze tumani[1]) – sovet, oʻzbek, qozoq matematigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor, Sirdaryo universiteti rektori (2002—2008).

Berdishev Abdumauvlen Suleymanovich
Tavalludi 7-aprel 1958-yil
Orjonikidze tumani|, Toshkent viloyati
Fuqaroligi Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Sohasi fizik-matematik
Ish joylari Qozogʻiston Milliy Pedagogika universiteti
Taʼlimi Oʻzbekiston Milliy universiteti

Hayoti tahrir

Berdishev Abdumauvlen Suleymanovich 1958-yil 7-aprelda Toshkent viloyati Qibray tumani Oq Oltin qishlogʻida oʻqituvchi oilasida tugʻilgan.

U 1975-yilda 20-sonli oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlagan (keyinchalik ushbu maktabga Berdishev Abdumauvlen Suleymanovich nomi berilgan). 1980-yilda Toshkent davlat universitetining matematika fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. U 19802000-yillarda M.Auzeva nomidagi Matematika institutida ishlagan. V.I.Romanovskiy nomidagi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi aspiranti, kichik, katta va yetakchi ilmiy xodim, doktorant sifatida faoliyat yurtigan.

2000—2008-yillarda Sirdaryo universitetida (Janubiy Qozogʻiston viloyati) umumiy matematika va fizika kafedrasi mudiri (2000—2002), univeresitet prorektori, rektor (2002—2008) lavozimlarida ishlagan.

Berdishev Abdumauvlen Suleymanovich 2008-yil sentyabrdan Abay nomidagi Qozogʻiston Milliy Pedagogika universiteti matematik analiz, algebra va geometriya kafedrasi professori boʻlib ishlab kelmoqda[2].

Ilmiy faoliyati tahrir

Berdishev Abdumauvlen Suleymanovich 1985-yilda nomzodlik, 2000-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2006-yilda professorlik unvonini olgan[3].

Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasida fan doktori ilmiy darajasini berish boʻyicha bir qator dissertatsiya kengashlari aʼzosi hisoblanadi.

Berdishev Abdumauvlen faoliyati davomida 3 nafar fan nomzodi tayyorlagan. Shuningdek, 85 ta ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.

Mukofotlari tahrir

Berdishev Abdumauvlen 1990-yilda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining fan va texnika sohasidagi mukofoti sohibi boʻlgan. Shuningdek, Qozogʻiston Respublikasi Taʼlim va fan vazirligining „Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan taʼlim xodimi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangna.

Manbalar tahrir

  1. „Кто родился в апреле 1958 года?“. www.кто-родился.рф. Qaraldi: 25-oktabr 2023-yil.
  2. „БЕРДЫШЕВ АБДУМАУВЛЕН СУЛЕЙМАНОВИЧ“. www.ncste.kz. Qaraldi: 25-oktabr 2023-yil.
  3. „Бердышев Абдумаулен Сулейменович“. www.kaznpu.kz. Qaraldi: 25-oktabr 2023-yil.

Havolalar tahrir