Ikrom Berdiyev
(Berdiyev Ikrom Nugmonovichdan yoʻnaltirildi)
Berdiyev Ikrom Nugmonovich (23-yanvar 1974, Shahrisabz) — bokschi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (2002), „Oʻzbekiston iftixori“ (2002). 81 kg vazn toifasida Oʻzbekiston (2000, 2001), Osiyo (2002, Seremban) va Osiyo oʻyinlari (2002, Pusan) chempioni, Afri-Osiyo oʻyinlari bronza medali sovrindori (2003, Haydarobod). Oʻzbekiston jismoniy tarbiya institutini tugatgan (1997), Chir-chiq shahri ichki ishlar boʻlimining inspektori (1997-yildan).[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |