Berezina qoʻriqxonasi
Berezina qoʻriqxonasi – Belorussiyaning Vitebsk va Minsk viloyatlaridagi qoʻriqxona. Berezina daryosi havzasining yuqori oqimida. 1925-yilda tashkil etilgan. Maydoni 76201 gektar. Koʻl va botqokliklardan iborat. Qaragʻay, qandagʻoch va qoraqaragʻay oʻrmonlari bor. Qunduz, bobr, los, qobon yashaydi. 1979-yildan biosfera qoʻriqxonasi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |