BEREZINA QOʻRIQXONASI — Belorussiyaning Vitebsk va Minsk viloyatlaridagi qoʻriqxona. Berezina daryosi havzasining yuqori oqimida. 1925-yilda tashkil etilgan. Maydoni 76201 ga. Koʻl va botqokliklardan iborat. Qaragʻay, qandagʻoch va qoraqaragʻay oʻrmonlari bor. Qunduz, bobr, los, qobon yashaydi. 1979-yildan biosfera qoʻriqxonasi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil