Berezniki
Berezniki (1933-yilgacha Usolye-Solikamskoye) — Rossiya Federatsiyasi Perm viloyatidagi shahar (1932-yildan). Kama suv ombori sohilidagi port. Berezniki stansiyasi. Aholisi 197,6 ming kishi (1999). Shahar yaqinida 17-asrdan ishga tushirilgan osh tuzi, kaliy va magniy tuz konlari bor. Kime sanoati markazi („Uralkaliy“, „Soda“, „Azot“ ishlab chiqarish birlashmalari, kimyo zavodi va boshqalar), titanmagniy kombinati, elektrotexnika, metallsozlik, oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari mavjud. Drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi bor. 16 asrdayoq tuz olingan. 1883-yilda Rossiyada birinchi soda zavodi qurilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |