Berill — halqasimon silikatlar kenja sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi AI2Be3(Si60ll(). Kristachlari olti qirrali prizmalar shaklida. Shishasimon yaltiroq. Rangi yashil, sargʻishoq.. kulrang. Qattiqligi 7,5—8; s. ogʻ. 2,6—2,7. B. pnevmatolitgidrotermal konlarda, pegmatit, greyzenlar bilan birga, kvarsli yertomirlar va boshqa joylarda uchraydi. Tarkibida xrom boʻlgan tinik, yashil B. zumrad. rangsizi, pushtisi vorobyevit; zangori moviy turi akvamarin, tillarangsargʻishi geliodor deyiladi.

B.ning zumrad va akvamarin, geliodor kabi turlari qimmatbaho tosh sifatida zargarlikda, rudalari metallurgiyada berilliy olish da, tuzlari sapoatning boshqa tarmoqlarida va tibbiyotda ishlatiladi. Oʻzbekiston, AQSH, Kolumbiya, Madagaskar, Ukrainada konlari topilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil