Berilliy qotishmalari
Berilliy qotishmalari -berilliynmsh turli metallar bilan hosil qilgan qotishmalari. Odatda, Berilliy qotishmalari tarkibida boshqa metallar koʻproq boʻladi, lekin berilliy (Be) ularda baʼzi muhim xossalar paydo qiladi. Masalan, misning 2—2,5% Be bilan hosil qilgan qotishmalari (berilliy bronzalari) eng koʻp tarqalgan. Ular juda mustahkam va qayishqoq boʻladi; Alyuminiy ning Be bilan hosil qilgan qotishmalari rentgen nurlarini yaxshi oʻtkazadi.
Magniy qotishmalariga ozgina Be qoʻshilsa, ularning korroziyaga chidamliligi sezilarli darajada ortadi. Baʼzipoʻlat vachoʻyanlarga Be qoʻshilgasha ular ancha pishiklashadi. Berilliy qotishmalari metallurgiyada, muhim prujinalar, elektr kontaktlari, soat mexanizmlari, kompas dstallari, yuqori temperatura va bosimda ishlaydigan shesternya, vtulka va podshipniklar tayerlashda keng qoʻllanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |