Bersim, misr sebargasi (Trifolium alexandrinum) – dukkaklilar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik, yem-xashak ekini. Baʼzan koʻkat oʻgʻit uchun ham ekiladi. Misr, Pokiston, Hindiston, AQShda, shuningdek Oʻzbekistonning sholikor hududlarida keng tarqalgan. Bersim oʻqildizli (1 —1,5 m gacha chuqurlikka kiradi) oʻsimlik. Poyasining balandligi 80—100 sm, sershox, toʻgʻri oʻsadi. Barglari mayda, uzun bandda joylashgan. Toʻpgulli yumaloqchoʻziq (uz. 2—4 sm), gullari oq, pushti, sargʻish rangda. Mevasi bir urugʻli dukkak. Urugʻlari yaltiroq sariq rangda (1000 dona urugʻining vazni 2,8—3,5 g). Urugʻi 6— 8° da unib chiqadi. Pichani yumshoq, xushxoʻr. Tarkibida 9,3% protein, 2.4% yog, 46,0% uglevodlar bor. Sugʻoriladigan maydonlarda yaxshi hosil beradi. Kuzda yoki bahorda ekiladi. Urugʻlik ekish meʼyori 12–16 kg/ga. Gullay boshlaganda oʻriladi. Hosildorligi 70—80 s/ga, bir yilda uch-toʻrt bor oʻriladi.

Bersim
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik
Tur: Bersim
Binar nomi
Trifolium alexandrinum

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil