Beshkent botigʻi — Qashqadaryo viloyatidagi botiq. Gʻarbdan Buxoro va Chorjoʻy tektonik pogʻonalari va sharqdan Hisor togʻining jan.gʻarbiy tarmoklari bilan chegaralangan. Jan.gʻarbi Amudaryo uzilmasi, shimoli-sharqi Qashqadaryo sinklinali bilan tutashgan. Uzunligi 160 km, paleozoy zaminining chuq. 4000– 6000 m. Beshkent botigʻi ning jan.gʻarbida (gʻarbdan sharqqa) Xoʻjambas, Dugʻoba antiklinal zonalari va shimoli-sharqida Alovuddin koʻtarilmalari joylashgan. Burmalar shim.gʻarbga tomon pasaya boradi. Beshkent botigʻi ning gʻarbidagi mezokaynozoy yotqiziqlarida bir qancha katta antiklinal bukilmalar (Ayzovot, Qamashi, Shim. Qamashi) yotadi. Har qaysisining uz. 20–25 km, balandligi 200–250 m. Beshkent botigʻi ning bir necha antiklinal bukilmalarida gaz konlari topilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Beshkent botigʻi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil