Beshtramsoy — Navoiy viloyati Navoiy tumanidagi soy. Yuqori oqimida Oqtoshsoy, oʻrta va quyi oqimida Shoʻrgʻasoy deb ham ataladi. Qoratogʻning jan. yon bagʻrida 1100 m balandlikdan boshlanadi. 9 ta irmogʻi bor. Uzunligi 22 km, havzasining maydoni 41 km². B. juda kamsuv. Yomgʻir, qor va buloq suvlaridan toʻyinadi. Bahorda suvi koʻpayadi. Baʼzan sel oqimi kuzatiladi. Yozda suvi sugʻorishga sarf boʻladi va Zarafshon daryosiga yetmasdan qurib qoladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil