BESSEMER (Bessemer) Genri (1813.19.1, Charlton 1898.15.3, London)—ingliz ixtirochisi. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1879). Suyuq choʻyandan poʻlat olish usuli (bessemer jarayoni)ni ishlab chiqqan (1856). Aylanib turuvchi konverternp yaratgani uchun patent olgan (1860). Ixtirolari uchun B.ga 100 dan ortiq patent berilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil