Bestujev qoramol zoti — goʻshti va suti uchun boqiladigan zot. Vatani Rossiya.

18-asr oxiri — 19-asr boshlarida mahalliy sigir zotlarini shortgorn, golland, simmental va boshqa zotlar bilan chatishtirib yetishtirilgan (nomi zotdor mollar yetishtirish ishlariga asos solgan zavodchi Bestujev familiyasidan). Rangi targʻilqizil, tanasi choʻzinchoq, suyaklari baquvvat. Boshida, koʻkrak qafasida, qorniyaa oq dogʻlar uchraydi. Buqalarining tirik vazni 750–900 kg, sigirlariniki 500–550 kg, 3000—3800, baʼzan 4500 kg gacha sut beradi. Sutining yogʻlilik darajasi 3,8—4,1%, eng yuqorisi 5,5%. Bestujev qoramol zoti. Tez yetiladi. Soʻyilganda goʻsht chiqishi 60%. Bestujev qoramol zoti. Rossiyaning Ulyanov, Samara, Penza va boshqa viloyatlarida keng tarqzlgan. Oʻzbekistonda faqat xususiy xoʻjaliklarda uchraydi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil