Betaraf zona — manfaatdor davlatlar oʻrtasida tuzilgan shartnomaga binoan harbiy harakat maydoniga aylantirilmaydigan, harbiy baza sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydigan hudud. Davlatlar hududining baʼzi yer maydonlari yoki ular suverenitetiga kirmaydigan yerlar ham Betaraf zona ga aylantirilishi mumkin. Betaraf zona manfaatdor davlat tomonidan bir tomonlama tartibda yoki xalqaro shartnoma asosida tashkil etiladi. Qirgʻoq boʻyida joylashgan bironbir davlat tomonidan boshqa davlatlar oʻrtasidagi urush paytida oʻz xavfeizligini taʼminlash uchun muvaqqat Betaraf zona tuzilishi mumkin. Muvaqqat Betaraf zona lar sirasiga urushlarda katnashayotgan tomonlar muzoqaralar olib borish (mas, harbiy asirlarni, yarador va bemorlarni almashish, sulh tuzish haqida), madaniy va tarixiy yodgorliklarni muhofaza etish uchun belgilaydigan zonalar ham kiradi. Betaraf zona larni tuzish bilan bir vaqtda koʻpincha demilitarizatsiya amalga oshiriladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil