Beverly (Massachusetts)
Beverly (talaffuzi: Beverli) — Massachusets shtatining Essex okrugidagi shahar va Boston shahri chekkasida joylashgan. 2020-yilgi Amerika Qoʻshma Shtatlari aholini roʻyxatga olish vaqtida aholi soni 42 670 kishini tashkil qiladi[1][2].
Beverly | |
---|---|
Shahar | |
42°33′30″N 70°52′48″W / 42.55833°N 70.88000°W | |
Mamlakat | AQSh |
Asos solingan | 1626-yil |
Maydon | 22.59 km2 (8.72 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | Ingliz tili |
Aholisi (2020) |
42 670 |
Zichligi | 2827.70 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC-5 |
Pochta indeks(lar)i | 01915 |
GNIS xususiyati identifikatori | 0614200 |
|
Geografiyasi
tahrirAmerika Qoʻshma Shtatlari aholini roʻyxatga olish byurosiga koʻra, shaharning umumiy maydoni 22.6 kvadrat milya (58.5 km2) ni tashkil qiladi, shundan 15.1 kvadrat milya (39.1 km2) quruqlik va 7.5 kvadrat milya (19.4 km2) yoki 33,19% suvdan iborat[3]. Beverly Shimoliy qirgʻoqda joylashgan.
Janubda Massachusets koʻrfazidan tashqari Beverly sharqda Manchester-by-the-sea, shimolda Wenham, gʻarbda Danvers va janubda Salem bilan chegaradosh. Beverly va Salemni Danvers daryosi va Beverly bandargohi ajratib turadi, MBTA temir yoʻl koʻprigi va Kernvud koʻprigi ikkita shaharni bogʻlaydi. Beverly shahar markazi 2 milya (3 km) Salemdan shimolda va 14 milya (23 km) Glosterdan janubiy-gʻarbiy va 17 milya (27 km) Bostondan shimoli-sharqda joylashgan.
Demografiyasi
tahrir2020-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, shaharda 42 670 kishi va 16 568 xonadon mavjud boʻlgan. Shaharning irqiy tarkibi 90,3% oq tanli, 3% afro-amerikalik, 0,1% tubjoy amerikalik, 2,3% osiyolik, 0,0% Tinch okeani orollari va 3,1% ikki yoki undan ortiq irqlardan iborat. Aholining 5,4 foizi ispan yoki lotin millatiga mansub.
Shaharda 16 158 ta xonadon bor.
Aholining 19 foizini 18 yoshgacha, 81 foizini esa 18 yoshdan kattalar tashkil etadi. 17,7 foizini 65 yosh va undan kattalar tashkil etdi. Aholining oʻrtacha yoshi 40,6 yoshni tashkil etadi. Shaharda har 100 ayolga 88,4 erkak toʻgʻri keladi.
Uy xoʻjaliklarining oʻrtacha daromadi 84 354 dollarni tashkil etdi. Shaharning jon boshiga toʻgʻri keladigan daromadi 47,494 dollarni tashkil qilgan[4].
Taʼlimi
tahrirShaharda beshta K-4 boshlangʻich maktablari mavjud: Ayers Ryal Side, Centerville, Cove, Hannah, and North Beverly. Shahardagi yagona oʻrta maktab — 2018-yilda qurilishi tugagan Beverly oʻrta maktabi. Beverly oʻrta maktabi 5-8-sinflarlardagi bolalaga taʼlim beradi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Census - Geography Profile: Beverly city, Massachusetts“. United States Census Bureau. Qaraldi: 2021-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Hometown Rivalries Debate the Birthplace of the U.S. Navy“ (2010-yil 20-oktyabr).
- ↑ „Geographic Identifiers: 2010 Demographic Profile Data (G001): Beverly city, Massachusetts“. United States Census Bureau. Qaraldi: 2012-yil 30-avgust.
- ↑ „Beverly city, Massachusetts“. data.census.gov. United States Census Bureau. Qaraldi: 2022-yil 21-aprel.