BEXER (Becher) Iogannes Robert (1891.22.5, Myunxen1958.10.11, Berlin)—nemis yozuvchisi. Dastlabki asarlari ekspressionizm gʻoyalari bilan sugʻorilgan. "Hammaga" (1919), "Doimiy qoʻzgʻolonda" (1920), "Xudo nomi bilan" (1921) asarlarida spartakchilarning qahramonligini kuylash bilan insonga xos yaratuvchilikni va adolatsizlikka qarshi kurash gʻoyalarini ulugʻlaydi. B.ning realizmga intilishlari bosqinchilik urushlarini qoralovchi "Lyuizit" (1926) romanida yaqqol ifodalangan. U fashizmga qarshi adabiy harakatda muhim oʻrin egallaydi. 1933—45 yillarda muhojirlikda yashaydp. "Baxt izlovchi va yetti gunoh" (1938), "Asr oʻrtasiga qadam" (1958) va boshqa sheʼriy toʻplamlari; "Vidolashuv" (1940) romani bor. Bu romani oʻz biografiyasi asosida yozilgan. "Tajribalar" (1951— 57) madaniyat muammolariga bagʻishlangan. Xalqaro mukofot laureati (1952).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil