Bezak haykaltaroshligi -haykaltaroshlik turi, asarlari maʼlum meʼmoriy makonni yoki tabiiy sharo-itni hisobga olgan holda binoning tashqarisi yoki ichkarisini, shahar koʻchalari, maydonlari va xiyobonlarini bezatadi. Bezak haykaltaroshligi ga meʼmoriy bezaklar (atlantlar, maskoronlar, kariatidalar), favvoralar uchun ishlangan xaykallar, panjaralar, badiiy bezakli dar-vozalar, binoning ichki bezaklariga marmar, metall, chinni va boshqalardan ishlangan kichik shakldagi haykallar kiradi. Asarlari meʼmoriy ansambl bilan uygʻunlashib, sanʼat asari sifatida uz mustaqilligini yoʻqotmaydigan mahobatli haykaltaroshlikdan bezak vazifasini oʻtashi bilan farqlanadi. Bezak haykaltaroshligi da obrazlarni yumorli tarzda talqin etish, boʻrttirishga yoʻl qoʻyiladi, turli xayvonlar (mas, baliq, qurbaqa. laylak va h. k.) shakllari keng ishlatiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil