Bezovta Ruh (film)
Bezovta Ruh[1] – ssenariysi 2008-yilda Vivek Sharma tomonidan yozilgan film. Hind tilidagi ushbu film komediya janrida suratga olingan boʻlib, unda Amitabh Bachchan, Juxi Chavla, Aman Siddiqui, Priyanshu Chatterji, Rajpal Yadav va Shah Rukh Khan ishtirok etgan. Film Oscar Wildning 1887-yilda yozgan „Kentervil sharpasi“ asari asosida yozilgan[1].
Bezovta Ruh | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Vivek Sharma |
Prodyuser(lar) | Ravi Chopra |
Ssenariynavis(lar) |
Vivek Sharma Sudhanshu Dube |
Hikoya | Vivek Sharma |
Qaysi asarga asoslangan |
The Canterville Ghost Oscar Wilde tomonidan |
Rollarda |
Amitabh Bachchan Juhi Chawla Shah Rukh Khan Aman Siddiqui Rajpal Yadav Priyanshu Chatterjee |
Kinematografiya | Vishnu Rao |
Muharrir(lar) | K. Vikas |
Studiya(lar) | B.R. Films |
Chiqarilgan sanasi | |
Davomiyligi | 136 daqiqa |
Mamlakat | Hindiston |
Til | hindcha |
Davomi
tahrir„Bezovta Ruh“ filmi 2008-yil 9-mayda ilk marta ekranlarda qoʻyildi[2]. Filmning davomi Nitesh Tivari tomonidan yozilgan. Davomiy film 2014-yil 11-aprelda ommaga taqdim qilindi.
Syujeti
tahrirAditya ismli muhandis, rafiqasi Anjali va oʻgʻli Banku bilan bir uyga koʻchib keladi. Ertasi kuni Aditya ish safariga ketadi. Bir necha kundan keyin, Banku Kailash Nath ismli sharpaga duch keladi. Bola tezda u bilan doʻstlashib oladi va unga Arvoh Nath laqabini ham qoʻyadi. Arvoh Nath uni qoʻrqitish va uydan haydab chiqarish uchun turli urinishlariga qaramay, Banku undan qoʻrqmaydi. Bir necha hafta oʻtgach, Arvoh Nathning oʻgʻli Vijay Nath otasidan qolgan eski uyni sotish uchun AQShdan qaytib keladi. Bu otasinini gʻazablantiradi, chunki u uyining buzilishini xohlamaydi va kelgan xaridorlarni qoʻrqitishni boshlaydi. Banku uni tinchlantirishga harakat qiladi va onasining oldiga kelishni soʻraydi. U oʻz hikoyasini aytib berishga qaror qiladi.
Reytingi
tahrirFilm tomoshabinlardan ijobiy baho oldi. U bolalar orasida mashhur boʻlib, muvaffaqiyat qozondi. 2020-yil holatiga koʻra, film Rotten Tomatoes boʻyicha 60% reytingni qoʻlga kiritdi. Oʻrtacha hisobda 6,25/10 ballga ega boʻlgan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Sonia Chopra. „Bhoothnath“. Sify. 2014-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Bhoothnath (2008)“. Qaraldi: 2020-yil 4-iyun.