Shah Rukh Khan
Shah Rukh Khan (inglizcha: Shahrukh Khan(hindcha: शाहरुख़ ख़ान, urdu: شاہ رخ خان, [ʃaːɦ.ɾʊx.xaːn]; (talaffuzi: Shohruh Xon) — Hind film yulduzi, produser, ssenarist, teleboshlovchi. Shuningdek, Bollywood qiroli taxallusi bilan tanilgan.[1]
Shahrukh Khan | |
---|---|
![]() Shohrux Xon 2012-yilda | |
Asl ismi | hindcha: शाहरुख़ ख़ान |
Tugʻilishi |
2-noyabr 1965-yil (55 yosh) |
Fuqaroligi | Hindiston |
Kasbi | Aktor, Produser, Teleboshlovchi, Ssenarist |
Mukofotlari |
![]() |
IMDb | ID 0451321 |
BiografiyasiTahrirlash
Shohrux Xon 1965-yil 2-noyabrda Dehlida advokat oilasida dunyoga keldi. Uning otasi Taj Muhammad Xon Peshovaralik boʻlib Nyu Dehliga koʻchib borgan edi. Shohrux Xon oʻrta maktabni tamomlab Dehli 1988-yili Dehlidagi Dehli universitetini iqtisodiyot yoʻnalishinida magistraturani tamomlanadi. Ammo qiziqishi tufayli aktyorlik kasbini tanladi.[2]. Ota-onasi vafotidan soʻng, 1991-yilda, u Mumbayga koʻchib oʻtdi. Xuddi shu yili, 25-oktabr kuni, Shohrux xon Gauri Chhibberga uylandi. Hozirda ularning uch farzandi bor. Ularning ismi: Aryan Xon, Suhana Xon va Abram Xondir. Shohrux Xon nafaqat Hindistonda hamda butun dunyoda eng boy aktyor sanaladi. Uning boyligi 2020-yilning yarmigacha hozirda 687 million dollarni tashkil qilmoqda. Instagram tarmog'ida Shohrux Xon: https://instagram.com/p/iamsrk Telegram messenjerida ham muxlislar tomonidan yuritiladigan kanallar ko'p bo'lib, ulardan eng mashhuri https://t.me/Dilwale_for_Shahrukh_Khan dir.
KarerasiTahrirlash
U 1988-yilda televideniyeda bir oddiy aktor sifatida oʻz debyutini qildi. Bir necha televizion filmlarda ketma-ket kichik rollar oʻynadi. Birinchi katta roli 1992-yilda „Deewaana“ oʻzbekcha: Telba muhabbat filmida oʻynagan. Bu roli uchun, u eng yaxshi Newcomer Filmfare Award mukofotini oldi. 1993 yilda u ikki salbiy rollari uchun — "DARR" (Qoʻrquv ostida yashash) va „Xavfli oʻyin“ filmlardagi roli uchun Filmfare mukofoti bilan taqdirlandi. 1994-yilda u yana u eng yaxshi salbiy roli uchun Filmfare mukofotini oldi.
Yana bir Filmfare Awards mukofotini esa 1995-yildagi filmi uchun „Dilwale Dulhania Le Jayenge“oʻzbekcha: O'g'irlanmagan kelin filmidagi roli uchun oldi. Bu film u hind kino tarixida eng yuqori choʻqilarga erishdi, film keltirgan daromad esa 12 milliard rupiyani tashkil etdi. Ushbu film 25 yil kinotetrlarda namoyish qilindi va Ginneslar Rekordiga kirdi. Keyinchalik eng yaxshi aktyor nomzodini yana olti marta oldi. 2010-yilga kelib Karan Joharning „Mening ismim Xon“ filmidagi bosh roli uchun Filmfare mukofotini yana qoʻlga kiritib Filmfare mukofoti boʻyicha rekord qoʻydi. 2014-yilga qadar bu mukofotni 23 martda qoʻlga kiritgan.
FilmografiyasiTahrirlash
Yil | Oʻzbekcha nomi | Asil nomi | Rol |
---|---|---|---|
1988 | Oddiy askar | Fauji | Abximan Ray |
1991 | Devona | Ahamak | Pavan Ragxoʻjan |
1992 | Devona qalb | Deewana | Raja Saxi |
1992 | Afsun | Chamatkar | Sunder Shrivastav |
1992 | Kabera raqossasi | Dil Aashna Hai (…The Heart Knows) | Karan Sinx |
1992 | Orzular janobi | Raju Ban Gaya Gentleman | Raju |
1993 | Maya xonim | Maya | Lalit |
1993 | Birinchi | Pehla Nasha … | Oʻzi |
1993 | Baazigar | Baazigar | Vikki Malxotra |
1993 | Qoʻrquv ostida | Darr | Rahul Mexra |
1993 | Sevgi qiroli | King Uncle | Anil Basal |
1994 | Sevgi mavsumi | Kabhi Haan Kabhi Naa | Sunil |
1994 | Oʻjar | Anjaam | Vijay |
1995 | Guddu | Guddu | Gudu Bahadur |
1995 | Oʻgʻirlanmagan kelin | Dilwale Dulhania Le Jayenge | Raj Malxotra |
1995 | Karan va Arjun | Karan Arjun | Vijay |
1995 | Ram Jaane | Ram Jaane | Ram Jaane |
1995 | Sevgi fasli | Zamaana Deewana | Rahul Sinx |
1995 | Azizam, bu Hindiston | Oh Darling Yeh Hai India | Xiro |
1995 | Uch aka-uka | Trimurti | Romi |
1996 | Azobli muhabbat | Chaahat | Rup Sinx |
1996 | Merosxoʻr | English Babu Desi Mem | Vikram |
1996 | Qasoskor | Army | Arjun |
1997 | Soʻzsiz muhabbat | Koyla | Shanker |
1997 | Xop, boʻladi xoʻjayin | Yes Boss | Rahul |
1997 | Qalb tuygʻoni | Dil To Pagal Ha | Rahul |
1997 | Parchalangan ishonch | Pardes | Arjun |
1997 | — | Gudgudee | Kamep |
1998 | Egizaklar | Duplicate | Manu |
1998 | Toʻsatdan | Achanak … | Oʻzi |
1998 | Bir koʻrishda muhabbat | Dil Se… | Amarkant Varma |
1998 | Hayotda hamma narsa boʻladi | Kuch Kuch Hota Hai | Rahul |
2000 | Yurak | Phir Bhi Dil Hai Hindustani | Ajay Bakshi |
2000 | Vaqt nafasi | Hey Ram | Ali xon |
2000 | Har bir sevuvchi yurak | Har Dil Jo Pyar Karega… | Rahul |
2000 | Oshiqlar | Mohabbatein | Raj Malxotra |
2000 | Ayol qalbi | Gaja Gamini | Shohrux |
2000 | Joʻshqin sevgi | Josh | Maks |
2001 | Vasiy | One 2 Ka 4 | Arun Verma |
2001 | Imperator | Asoka | Ashok |
2001 | Gohi shodlik gohi gʻam | Kabhi Khushi Kabhie Gham… | Rahul Raychand |
2002 | Devdas | Devdas | Devdas |
2002 | Yagonam | Hum Tumhare Hain Sanam | Gopal |
2002 | Sabrina bollivudda | Sabrinaʼs Bollywood … | Oʻzi |
2002 | Oʻgil | Shakthi: The Power | Jaysinx |
2002 | Sevgi anatomiyasi | Saathiya | Yashvant |
2003 | Hayot qadri | Larger Than Life … | Oʻzi |
2003 | Yoʻl-yoʻlakay | Chalte Chalte | Raj Matxur |
2003 | — | Kal Ho Naa Ho | Amar |
2004 | Xiyonat | Yeh Lamhe Judaai Ke | Dushan |
2004 | Shohruhxonning hayoti haqida | The Inner/The Outer World Of Shah Rukh Khan… | Oʻzi |
2004 | Men sen bilanman | Main Hoon Na | Prasad Sharma |
2004 | Vir va Zara | Veer-Zaara | Vir |
2004 | Vatanga qaytish | Swades: We, the People | Moxan |
2005 | Nigoh | Kaal | Yulduz |
2005 | Sevish sanʼati | Silsiilay | Sutradxar |
2005 | Jumboq | Paheli | Kishnalar/Jin |
2006 | Begona | Alag: He Is Different…. He Is Alone… | Maxsus taklif |
2006 | Hech qachon alvido demang | Kabhi Alvida Naa Kehna | Dev |
2006 | Don | Don | Don / Vijay |
2006 | Men seni koʻrayapman | I See You | Gitarachi |
2007 | Olgʻa Hindiston | Chak De! India | Kabir Xan |
2007 | Salom, bolakay | Heyy Babyy | Raj Malxotra |
2007 | Om Shanti Om | Om Shanti Om | Om / Om kapur |
2008 | Koʻzga koʻrinmas | Bhoothnath | Aditya sharma |
2008 | 4 telba | Krazzy 4 | Maxsus taklif |
2008 | — | Rab Ne Bana Di Jodi | Raj |
2009 | Billu | Billu | Saxir Xon |
2009 | Yaxshi baxt uchun imkoniyat | Luck by Chance | Oʻzi |
2010 | Kuyov topilmadi | Dulha Mil Gaya | Pavan Gandi |
2010 | — | Koochie Koochie Hota Hai | Rokki |
2010 | Mening ismim Xon | My name is Khan | Rizvon Xon |
2011 | Ravan | RA. One | Shek Xar / Ji Van |
2011 | Muhabbat istirobi | Love Breakups Zindagi | Oʻzi |
2011 | Don-2 | Don 2 | Don |
2012 | Toki hayot ekanman | Jab Tak Hai Jaan | Samar |
2013 | Chinnay ekspressi | Chennai Express | Rahul |
2014 | Yangi yil bilan | Happy New Year | Charli |
2015 | Sevishganlar | Dilwale | Raj Bakshi/ Kali |
2016 | Muxlis | Ishqiboz | Aryan Xan/ Gurav Chandra |
Ssenaristlik qilgan filmlariTahrirlash
- Ravan „RA.One“ (2011)
Televideniyedagi karerasiTahrirlash
- 2007-yildan boshlab, Sh.Xon „Kim millioner boʻlishni istaydi ?“ televizion oʻyinini Amitabx Bachchandan keyin olib bordi.
- 2008 — yildan boshlab esa Kim 5-sinfdan aqliroq ? Hind versiyasini olib bordi.
- 2004-yildan 2010-yilga qadar Sh.Xon Karan Joharning Karan Johar qaxvaxonasida degan koʻrsatuvda olti marta qatnashdi.
- 2011-yil fevral oyidan boshlab, Sh.Xon teleshou Zor Ka Jhatka bu koʻrasatuv juda qiziqarli va turli xil voqealarni oʻziga jam qilgan haqiqiy tok-shou. Koʻrsatuvning asil nomi Wipeout
ManbalarTahrirlash
HavolalarTahrirlash
Wikimedia Commonsda Shah Rukh Khan mavzusiga oid fayllar bor. |