Priyanka Chopra
Priyanka Chopra Jonas (18-iyul 1982-yilda tugʻilgan) — hindistonlik aktrisa, qoʻshiqchi, film produser va model. Priyanka Hindiston armiyasining shifokorlari oilasida dunyoga kelgan. U Lukcnowidagi „La Martiniere“ qizlar maktabida, undan soʻng Barillydagi St. Maria Yoretti kollejida tahsil olgan. U 13 yoshda AQShga ketadi. 2000-yilda Priyankaning onasi uni „Miss India“ tanloviga borishni taklif qiladi va shu tariqa Priyanka faoliyatini boshladi. Keyinchalik u „Miss India“ tanlovida gʻolib boʻldi.
Priyanka Chopra | |
---|---|
![]() | |
Tugʻilishi |
Priyanka Chopra Jonas[1] 18-iyul 1982-yil (38 yosh) |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi | |
Faoliyat yillari | 2000—hozirgacha |
FaoliyatiTahrirlash
2002-yil Abbas Mustanning romantik triller "Humraaz" filmida debut rol ijro etdi. Priyanka aynan shu film orqali aktrisalikka va Bollywoodga qadam qoʻyadi. Keyinchalik u bir nechta hit filmlarda rol ijro etadi. Shulardan biri 2004-yil Rakesh Roshanning "Krrish" filmidir. Bu filmda u Hrithik Roshan bilan juftlik yaratdi. Bu fim 1,17 milliard rupiy foyda keltirdi. "Krrish" filmidan soʻng 2006-yilda Farhan Ahtarningladining "Don" filmida Shahrukh Khan bilan hamkorlikda ishladi. 2007-yilda "Saalam-e-Ishq" filmida Salman Khan bilan juftlik yaratdi. Priyanka 2012-yildan qoʻshiqchi sifatida ham faoliyat olib boradi. Hozirda uni "In my city" (2012), "Exotic" (2013-yilda Pitbull bilan hamkorlikda yozilgan),"I can't make you love" (2014) qoʻshiqlari mavjud.
FilmografiyaTahrirlash
ManbalarTahrirlash
- ↑ Basu, Nilanjana (6 December 2018). After Wedding To Nick Jonas, Priyanka Chopra Changes Her Name On Instagram. NDTV. 6 December 2018.