Bharath kofe uyi
Bharath kofe uyi – Kerala shtatining Kochi shahrida joylashgan hind restorani. Broadwayda joylashgan restoran 1956-yilda B. Govinda Rao tomonidan tashkil etilgan. Bu Kochidagi eng qadimgi restoranlardan biri boʻlib, u hali ham faoliyat koʻrsatib kelmoqda[1].
Tarixi
tahrirBharath kofe uyiga B. Govinda Rao tomonidan asos solingan. Aktrisa Kamini Kaushal uni 1956-yil 26-yanvarda rasman ochib bergan. Rao Hindiston yongʻogʻini keng tarqatishda jonbozlik koʻrsatgan va muassasaning iqtisodiy hamkori boʻlgan[2]. 1919-yilda bunyod etilgan muassasa binosi vaqt oʻtishi bilan bir emas, bir necha kishilarga tegishli boʻla boshlagan. Oxir-oqibat uni ishga tushirgan B. Govinda Rao tomonidan toʻliq sotib olingan. Tez orada, ayniqsa, yoshlar, ishbilarmonlar va musiqachilar orasida bu joy mashhur boʻlib ketgan. Shuningdek, u qahva ichish va suhbatlashib oʻtirish uchun qulay uchrashuv joyiga aylangan[3].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Pradeep, K.. „A home away from home“ (en-IN). The Hindu (2017-yil 4-may). Qaraldi: 2023-yil 22-noyabr.
- ↑ „A 50-year-old brotherhood reunite over a cup of Coffee“. The New Indian Express (2016-yil 31-may). Qaraldi: 2023-yil 22-noyabr.
- ↑ Menon, Anasuya. „Taste dosas, cutlets and more at some of Ernakulam's oldest restaurants“ (en-IN). The Hindu (2023-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 22-noyabr.