Butan
- Ushbu maqola mamlakat haqidadir. Kimyoviy tushuncha haqida Butanlar sahifasiga qarang.
Butan podsholigi (Pendal Druk Shung) — Janubiy Osiyodagi, Himolay togʻlarining sharqiy qismidagi davlat. Maydoni 47 ming km2. Aholisi 742 737 kishi (2012). Poytaxti — Thimphu shahri. Maʼmuriy jihatdan 8 dzong (viloyat)ga boʻlingan.
Butan Qirolligi འབྲུག་རྒྱལ་ཁབ་ Druk Gyal Khap | |
---|---|
Shior: yoʻq | |
Madhiya: འབྲུག་ཙན་དན (Druk tsendhen) | |
Poytaxt | Thimphu |
Rasmiy til(lar) | Dzongkha tili |
Hukumat | Absolyut Rohiblik |
• Rohib |
Qirol Jigme Singye Wangchuck |
Lyonpo Sangay Ngedup | |
Mustaqillik (Hindistondan) | |
• Sana |
8-avgust 1949 |
Maydon | |
• Butun |
38 394 km2 (132-oʻrin) |
• Suv (%) |
1.1 |
Aholi | |
• 2012-yilgi roʻyxat |
742 737 (161-oʻrin) |
• Zichlik | 18/km2 |
YIM (XQT) | 2011-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$4,287 mil. (154-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$6112 |
Pul birligi | Ngultrum (BTN) |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
• Yoz (DST) |
UTC+6 |
Qisqartma | BT |
Telefon prefiksi | 975 |
Internet domeni | .bt |
|
Davlat tuzumi
tahrirButan — konstitutsiyali monarxiya. Davlat boshligʻi — podsho. Podsho huzurida 9 maslahatchidan iborat kengash bor. Qonun chiqaruvchi organ — bir palatali Milliy Assambleya 150 aʼzodan iborat (105 nafari saylanadi, 10 nafari tayinlanadi, qolganlari — rasmiy kishilar, hukumat aʼzolari va podsho kengashining aʼzolari). Ijroiya hokimiyat podsho tomonidan Vazirlar Kengashi orqali amalga oshiriladi.
Hududiy boʻlinishi
tahrirButan hududi 4 ta dzongdeyaga boʻlingan. Ular esa 20 ta dzongxaga boʻlingan[1], shularni quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:
Tabiati
tahrirButan hududi togʻliqsan iborat. Eng baland choʻqqisi — Jomolhari (7314 m). Iqlimi togʻtropik, musson, sernam, togʻlarning yuqori qismida sovuq. Vodiylarda oʻrtacha temperatura yanvarda — 4,5°C, iyulda 17°C. Yiliga 1000–5000mm yogʻin yogʻadi. 3500 m balandlikkacha oʻrmon, undan balandda subalp va alp oʻtloqpari. Daryolari — Sankosh, Amo, Kuru. JigmiDorji, Gaza, Manaz qoʻriqxonalari bor.
Aholisi
tahrirAholisi asosan bxotiyalar; gurkhlar, nevarlar ham yashaydi. Aholining 13 % shaharlarda istiqomat qiladi. Rasmiy tili — bxotiya (dzongke, tibet tiliga yaqin). Asosiy dini — lama mazhabidagi budda dini. Butan 9-asr oxirlaridan Tibetga, 19-asrning 2-yarmidan 1947-yilgacha Angliyaga qaram boʻlgan. 1949-yildagi shartnomaga koʻra, Butan tashqi siyosat sohasidagi ishlarini Hindiston hukumati bilan maslahatlashib olib boradi. Milliy bayrami — 17-dekabr — podsho saylangan kun (1917).
Iqtisodi
tahrirButan — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi ulushi 42,7 %, sanoat ulushi 9,6 %. Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik yetakchi oʻrinda. Vodiylarida sholi, arpa, bugʻdoy, tariq, makkajoʻxori, janubda paxta ekiladi. Janubi-sharqida bogʻdorchilik taraqqiy etgan (mango, apelsin, pizang va boshqalar). Yaylovlarda quy, yilqi boqiladi. Oʻrmonlarda qimmatbaho daraxtlar koʻp; lok, mushk[2], mum tayyorlanadi. Yigiruv va toʻquv hunarmandchiligi, oʻymakorlik qadimdan rasm boʻlgan. Taxta tilish zavodi va meva konserva fabrikasi bor. 1,5 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. 1968-yildan aerodrom ishga tushgan. Asosiy transport vositasi otulov[3].
Manbalar
tahrir- ↑ Districts of Bhutan
- ↑ Tandin pem & Jigme wangchuk. „Bhutan’s new Queen is home“ (en). Bhutan Observer (14-oktyabr 2011-yil). 2012-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-oktyabr.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |