Bibi Naima ona ziyoratgohi
Bibi Naima ona ziyoratgohi — Oʻzbekistondagi madaniy meros obyekti, diqqatga sazovor joy. Obyekt davri: Aniqlanmagan. Namangan viloyatining Chortoq tumanida joylashgan. Obyekt manzili: „Bogʻiston“ MFY, Prat MFY. Davlat mulki (Namangan viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida). Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[1][2].
Namangan viloyati, qadimdan o‘zining boy tarixi va muqaddas ziyoratgohlari bilan mashhurdir. “Bibi ona” yodgorligi, bu yerdagi barcha ziyoratgohlarning debochasi hisoblanadi. Bu yerda, kech bronza davriga tegishli bo‘lgan “Bibionamozor” arxeologik yodgorligi joylashgan. Yodgorlik Chust tumanida joylashgan bo‘lib, 4,5 gektar maydonni egallaydi. Qadimiy yodgorlik hududida, “Bibi Ona-qaynar buloq” muqaddas bu log‘I joylashgan. Buloq yonida, yodgorlikning qadimiy tarixini tasdiqlovchi ko‘plab topilmalar topilgan.
Chust, doimo tarixchi va arxeologlar diqqatini o‘zika tortib kelgan. Chust madaniyatining paydo bo‘lishi, eramizdan avvalgi II -ming yillikga borib taqaladi. “Bibionamozor”, gullab-yashnayotgan vodiydagi balandlikda, gavasoy daryosi yaqinida joylashgan. Bu joylar, XX – asr o‘rtalarida arxeologlar M.E. Vorontsov, V.I. Sprishevskiy, Yu.A. Zadneprovskiylar tomonidan o‘rganilgan. Akademik ahmadali Asqarov rahbarligi ostida ham yodgorlikning 500 kvadrat metrdan ortig‘I o‘rganilgan. Tadqiqotlar, uinig paydo bo‘lish vaqti, eramizdan avvalgi X-VIII asrlar ekanligini aniqlashga yordam berdi. Buloq atrofida, qadimiy dehqonchilik gullab yashnagan va aynan shu sababli bu yerlar qadimdan myqaddas joylar hisoblangan deyishadi olimlar.
“Bibi ona” yodgorligi, Chustning barcha buloqlarining debochasi hisoblanadi. Afsonada aytishlaricha, Bibi Ona malik abo‘lgan uning nimi bilan atalgan suv esa shifobaxsh xususiyatlarga ega. Buloqqa, butun mamlakatdan ko‘z kasalliklari va hattoki bepushtlikdan davolanish uchun ham kelishadi. Qishloqdagilarning aytishicha, agar inson buloq suviga to‘liq cho‘msa,barcha yomon xayollardan qutulib xotirjamlikka erishar ekan.
Yana bir ziyoratgoh - Bibi Naima Onachortoq tumanida joylashgan. Bu yerda tiniq suvli hovuz joylashgan bo‘lib uning suvining tiniqligidan tubidagi qum donalarini ham ko‘rish mumkin. Hovuz shaklida yirik qo‘l ko‘rinishini payqash mumkin deyishadi. Hovuz, Avliyo Sulton Uvays qaroniyning onasi - Bibi Naima Ona maqbarasining quyi qismida joylashgan. Ushbu tarixiy yodgorlik, XII-XIII – asrlarda barpo etilgan. Yaqinda, ziyoratgoh hududida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Ziyoratgoh hududi obodonlashtirildi va ziyorat marosimlarini amalga oshirish uchun barcha sharoitlar yaratildi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-sonli qarori“. Backend.madaniymeros.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.