Bibi mushkulkushod — oʻzbeklar va tojiklarning afsonalarida hayotdagi turli mushkullarni oson qiluvchi kampir siymosi. Rivoyatlarga koʻra, Bahouddin Naqshbandning xolasi. Ayollar turmushda bironbir baxtsizlikka uchragan kezlarida yoki ishlari yurishmaganda odatda chorshanba kuni B. M.ni eslab, unga atab majlis qurishgan, ziyofat uyushtirishgan, tilanchilarga xayrsadaka berishgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil