40°18′31″N 49°49′13″E / 40.30861°N 49.82028°E / 40.30861; 49.82028

Masjid
Bibihaybat masjidi
ozarbayjoncha: Bibiheybət məscidi
Mamlakat  Ozarbayjon
Shahar Bibihaybat
Yoʻnalishi shia
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Shirvan-Absheron arxitektura maktabi[1]
Loyiha muallifi Şirvanşah II Fərruxzad
Meʼmor Mahmud ibn Sad
Binokorlik 12811282
Minoralar soni 2 ta
Minoralar soni 2 ta
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik

Bibihaybat masjidi (ozarbayjoncha: Bibiheybət məscidi) — Ozarbayjon Respublikasining Boku koʻrfazida joylashgan shialar masjidi. Shirvanshoh davlatining yigirma sakkizinchi hukmdori Abulfath Farruxzad ibn Axsitan ibn Fariburz[2] tomonidan XIII asrning ikkinchi yarmida Ozarbayjon Elxoniylar davlati tarkibida boʻlgan paytda qurilgan shu nomdagi masjidning tiklangan versiyasidir. Mahmud ibn Saʼd tomonidan qurilgan masjid 1936-yilda butun SSSRda dinga qarshi kurash paytida bolsheviklar tomonidan butunlay vayron qilingan.

Bibihaybat majmuasida masjiddan tashqari, Sayyidlar avlodi Hakima Xonum kabi ulugʻvorlarning maqbaralari va qabrlari mavjud. Ushbu yodgorlik Ozarbayjonda islom meʼmoriy yodgorliklarining eng muhim namunasidir. Ozarbayjon shoiri Abbosgulu ogʻa Bakixonov, taniqli fransuz yozuvchisi Aleksandr Dyuma va Xurshidbanu Natavan, Qorabogʻ xonligining soʻnggi hukmdori Mehdigulu xon Javanshirning qizi bu yerga tashrif buyurishgan. Hozirgi kunda ham Ozarbayjonga tashrif buyurgan xorijiy davlatlarning vakillari masjidga tashrif buyuradilar[3][4][5].

Tarixi

tahrir

Qurilish sanasini aniqlash

tahrir
 
Bibihaybat masjididagi qabr

Masjid shialarning yettinchi imomi Muso al-Kazimning qizi Hakima qabri ustiga qurilgan. Hakima Ali va Fotima avlodlari edi. Hakima unga zarar yetkazgan xalifalardan Bokuga qochib ketadi[1]. Qabrdagi tosh yozuv Hakima xonimning muqaddas avlodga tegishli ekanligini isbotlaydi:

Bu yerga oltinchi imom Jaʼfar Sodiqning nevarasi, yettinchi imom Muso al-Kazimning qizi, sakkizinchi imom Ali al-Rzoning singlisi, Muhammad avlodlari dafn etilgan[1].

Tarixchilar masjidning janubiy devoridagi yozuvga asoslanib, masjid qurilgan sana XIII asrning oxiri deb hisoblashadi. Masjid devorida arab tilida shunday yozilgan: „Mahmud ibn Saʼdning qurilishi“[2]. Mahmud ibn Saʼd Nardaran qalʼasini va Mulla Ahmad masjidini ham qurdirgan[6].

Masjidning arxitekturasi

tahrir

Bibihaybat masjidi majmuasini rivojlantirishni qurilishning olti bosqichiga boʻlish mumkin. Har bir bosqich majmuaga yangi bino qoʻshilishi bilan bogʻliq. Rivojlanish bosqichlari XIII asrdan XX asrning boshlariga qadar yoyilib borar ekan, majmua binolarini qurishda turli meʼmorlar qatnashdilar. Qadimgi qismi - qabrning janubiy qismida kubik shaklidagi masjid, 1305-1313-yillarda qurilgan va unga gʻarbdan bogʻlangan minora mavjud. Masjidning ushbu qismining meʼmori Mahmud ibn Saʼddir. Minora meʼmoriy tuzilishi jihatidan Shirvan-Absheron arxitektura maktabiga toʻgʻri keladi va Shirvan hududidagi oʻxshash binolarning rivojlanishini oʻrganish uchun juda muhimdir. Minoraning yuqori qismi naqshlar va stalaktitlar bilan bezatilgan. Bibihaybat masjidi meʼmoriy va rejalashtirish xususiyatiga koʻra oʻrta asrlarda Bokuda keng tarqalgan masjid turiga kiraradi. Janub devoridagi mehrobning yarim doira shaklida joylashgan gumbazi stalaktitlar va oʻymakor naqshlar bilan bezatilgan.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Шахла Нуризаде, кандидат исторических наук. „Биби-Эйбат. Здесь возносят молитвы, здесь обретают исцеление“. irs-az.com (2007). 2012-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. 2,0 2,1 Л. С. Бретаницкий. Зодчество Азербайджана XII-XV вв. и его место в архитектуре Переднего Востока. — М.: Наука, 1966. — С. 158. — 556 с.
  3. „Yaponiyalı nazirin arvadı Bibiheybət məscidini ziyarət etdi“.
  4. „İranın vitse-prezidenti Bakıda Bibiheybət məscidini ziyarət edib“. 2016-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Baş Nazirin xanımı Bibiheybət məscidində oldu“. 2014-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  6. Министерство культуры и туризма Азербайджанской Республики. Развитие архитектуры в средние века.mct.gov.az.