Bik gʻoʻzasi
(Bik g‘o‘zasidan yoʻnaltirildi)
BIK GʻOʻZASI (Gossypium bickii Proch.) — yovvoyi gʻoʻza turi. Genomi S4, xromosomalari soni 2p=26. Birinchi marta ingliz olimi L. Beyli taʼriflab bergan (1910). 1964-yildan oʻrganilmoqda. Shimoliy Avstraliyaning ayrim shtatlarida tarqalgan. Bik gʻoʻzasi past boʻyli buta, oʻsuv shoxlari koʻp, zich tutamtutam tuklar bilan qoplangan. Hosil shoxlari kalta, 2—3 boʻgʻimli. Poyasi ingichka, yerbag'irlab usadi. Gullari mayda, naysimon, gulbargi och binafsha rangli, asosida toʻq olcha rang qizgʻish dogʻi bor. Koʻsaklari mayda, uzunchoqtuxumsimon, sayoz chuqurchalari bor. 3 — 4 chanoqli. Har bir chanogʻida 2 — 4 tadan mayda mallayashil tuklar (uz. 4 mm) bilan qoplangan chigiti bor.
Bik gʻoʻzasi | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
| ||
Gossypium bickii |
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |