Bilga xoqon“ — yozuvchi Isajon Sulton tomonidan yozilgan roman. Roman dastlab „Sharq yulduzi“ jurnalining 2019-yilgi 9 hamda 10-sonlarida bosilib chiqqan. Shunigdek, roman Turkiyaning Bursa shahrida Turk til qurumi, Turk davlatlari kengashi, Turkiya madaniyat va turizm vazirligi, Otaturk nomidagi madaniyat, tarix va til yuksak qurumi tomonidan oʻtkazilgan „Tilda, fikrda, ishda birlik — turkiy dunyo adabiyot (roman) mukofotlari“ tanlovida gʻolib deb topilgan[1][2]. 2022-yili „Factor Books“ nashriyotida „Bilga xoqon“ romani yagona kitob holida chop etilgan[3][4][5].

Bilga xoqon
Muallif(lar) Isajon Sulton
Muharrir(lar) Gulchehra Saʼdullayeva
Saidjalol Saidmurodov
Bezovchi(lar) Ramazon Qahhorov
Janr(lar)i tarixiy-biografik
Nashr etilgan sanasi 2022
Nashriyot Factor Books
Sahifalar soni 240
Mukofot(lar) „Tilda, fikrda, ishda birlik — turkiy dunyo adabiyot (roman) mukofotlari“ tanlovi gʻolibi

Manbalar tahrir