Isajon Sulton
Isajon Sulton (Sultonov Isajon Abduraimovich) (1967-yil 6-aprel, Oʻzbekiston SSR Fargʻona viloyati Rishton tumani, Avazboy qishlogʻi) — yozuvchi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (2021)[1], Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (2014)[2].
Isajon Sulton | |
---|---|
Tavalludi |
Sultonov Isajon Abduraimovich 6-aprel 1967-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | yozuvchi, tarjimon |
Mukofotlari | Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (2021), Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (2014) |
Tarjimai hol
tahrirIsajon Sultonov 1967-yil 6-aprel Fargʻona viloyatining Rishton tumani, Avazboy qishlogʻida dunyoga keladi. Boʻlajak yozuvchi oʻrta maktabni aʼlo baholarga bitirgach, 1990-yilda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Uning „Munojot“ („Choʻlpon“ nashriyoti, Toshkent) nomli birinchi qissasi ham shu yili nashr etilgan. U 1996-yilda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilingan.
Ijodiy faoliyati
tahrirIsajon Sultonning hikoyalari „Sharq yulduzi“, „Xalqlar doʻstligi“, „Intellegent. Sankt-Peterburg“ (Rossiya), „Russkor pole“ (Moldova), „Lexikon“ (AQSH), " „Kurgan Edebiyat“ (Turkiya) va b. nashr qilingan. „Boqiy darbadar“, „Ozod“ romanlari Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi mukofoti bilan taqdirlangan (2012). „Oydinbuloq“ va „Suvdagi kosa“ hikoyalari „XX asr oʻzbek nasri antologiyasi“ga kiritilgan. Nashr etilgan kitoblari: „Munojot“(1990-yilda), „Boqiy darbadar“ (2010-yilda), „Ozod“ (2012-yilda), "Bogʻi Eram" (2015-yilda), „Tanlangan asarlar“ (ikki jildlik , 2017-yilda), „Hazrati Hizr izidan“ (2018-yilda), „Bilga xoqon“ (2019-yilda), „Alisher Navoiy“ (2021-yilda), „Maʼsuma“ (2022-yilda)[manba kerak].
Ayni kunda adib Toshkentda yashab ijod qiladi.
Bibliografiya
tahrir- Isajon Sulton. „Munojot“, roman va hikoyalar. „Choʻlpon“ nashriyoti, 1990-yil
- Isajon Sulton. „Oydinbuloq“. roman va hikoyalar. Gʻ.Gʻulom nashriyoti, 1995-yil
- Isajon Sulton. „Boqiy darbadar“. roman va hikoyalar, „Oʻzbekiston“ nashriyoti, 2011-yil (ISBN 978-9943-01-654-5)
- Isajon Sulton. „Ozod“. roman va hikoyalar, Sharq nashriyoti, 2012-yil (ISBN 978-9943-00-899-1)
- Isajon Sulton. „Bogʻi Eram“ qissa va hikoyalar, Sharq nashriyoti, 2015-yil (ISBN 978-9943-26-156-3)
- Isajon Sulton. „İrem Bağı“, Tanlangan hikoyalar. „Baygenç Yayınları“, 2015, Tursiya. (ISBN 978-605-84572-9-4)
- Isajon Sulton. „Tanlangan asarlar“, ikki jildlik, roman va qissalar, Gʻ.Gʻulom nashriyoti, 2017-yil [1] (ISBN 978-9943-03-977-3)
- Isajon Sulton, „Hazrati Hizr izidan“ roman va qissalar, Gʻ.Gʻulom nashriyoti, 2018-yil[2] (ISBN 978-9943-5015-6-0)
- Isajon Sulton. „Genetik“, roman va hikoyalar, „Yangi asr avlodi“ nashriyoti, 2018-yil (ISBN 978-9943-20-511-6)
- Isajon Sulton. „The Eternal Wanderer“, („Boqiy darbadar“), novel, translated by Christopher James Fort, Mazda Publishers, California/USA, 2019. (ISBN 978-156-85933-8-8)
- Isajon Sulton. „Alisher Navoiy“, roman, „Adabiyot“ nashriyoti, 2021-yil (ISBN 97899436957-3-3).
- Isajon Sulton. „Yufka Yürekli Ana“, qissa, „Berıkan“ nashriyoti, Ankara/Tursiya, 2021. (ISBN 978-625-7254-96-0).
- Isajon Sulton. „Maʼsuma“, roman, „Adabiyot“ nashriyoti, 2022-yil (ISBN 978-9943-6957-3-3)
- Isajon Sulton. „Bilga Xoqon“, roman, qissa va esse, „Factor books“ nashriyoti, 2022-yil (ISBN 978-9943-8118-8-1)
Elektron resurslar
tahrir- Isajon Sulton. „Baliq“. „Xalqlar doʻstligi“ jurnali, 2012-yil 9-son (Rossiya)
- Isajon Sulton. „Suvdagi kosa“ hikoyasi. ["Russkoe pole" adabiy jurnali, 2012-yil 4-son], Moldova.
- Isajon Sulton. „Ajoyibotlar“ hikoyasi. „Ziyoli. Sankt-Peterburg“ adabiy gazetasi, № 2, 2013-yil, Rossiya
- Isajon Sulton. „Samoviy bogʻ“ hikoyasi. „Intelligent Sankt-Peterburg“ adabiy gazetasi, № 1, 2014-yil, Rossiya
- Isajon Sulton. „Korkuluk“, hikoya. „Kurgan Edebiyat“ adabiy jurnali, № 3, 2014-yil, Turkiya.
- Isajon Sulton. „İrem Bahçesi“, hikoya. „Kurgan Edebiyat“ adabiy jurnali, № 1, 2015-yil, Turkiya.
- Isajon Sulton. „Sofya“, hikoya, „Edebice“adabiy jurnali, № 14, 2018-yil. Turkiya.
- Isajon Sulton, „Ayriliq“, hikoya (ozarbayjon tilida), https://525.az/?name=xeber&news_id=122095#gsc.tab=0
- Isajon Sulton. „Jannat degan sayyoradan keldik“, S.Yanishev bilan suhbat, „Fargʻona yangiliklari“ https://fergana.agency/articles/113857/
Adabiy tanqid
tahrir- Saodat Kamilova, doktor filologicheskix nauk, dotsent. „Nekotorie tendensii razvitiya uzbekskogo rasskaza v period nezavisimosti“ // literaturno-xudojestvenniy jurnal „Zvezda Vostoka“. — 2011, № 3—4.
- Christopher Fort, PhD, universitet Michigan, SShA. „Adib doimiy izlanishda“ (na uzbekskom yazike, perevod), gazeta „Literatura i iskusstvo Uzbekistana“ („Uzbekiston adabiyoti va sanʼati“), — 2018, № 32-33.
- Victoria Cáceres, Buenos Aires, The Road to Uzbekistan, https://www.academia.edu/12894229/The_road_to_Uzbekistan[sayt ishlamaydi]
Manbalar
tahrir- ↑ Ukaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 24 avgusta 2021 goda „O nagrajdenii v svyazi s tridsatiletiem gosudarstvennoy nezavisimosti Respubliki Uzbekistan gruppi rabotnikov sfer nauki, obrazovaniya, zdravooxraneniya, sporta, literaturi, kulturi, iskusstva i sredstv massovoy informatsii“
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 22 avgust 2014 года № УП-4647 «О награждении в связи с двадцать третьей годовщиной независимости Республики Узбекистан группы работников науки, образования, здравоохранения, литературы, культуры, искусства, духовности и просветительства, средств массовой информации и других социальных сфер