Bilga xoqon bitiktoshi — marmar bitiktosh, turkiy yozuv yodgorligi. Bilga xoqon sharafiga qoʻyilgan (735-yil). Ulan Batordan 400 km janubdagi Qorabalgʻasun shahrining harobalaridan taxminan 40 km shimolda joylashgan. Boʻyi 3 m 45 sm, eni 1 m 74 sm, kalinligi 72 sm.

Bilga xoqon bitiktoshi 80 satrdan iborat: 41 satri toshning yuz tomoniga, 15 satrdan 30 satr ikki yon tomoniga, 7 satr orqa tomoniga, 2 satr toshning tarashlangan 2 qirrasiga yozilgan. Mazkur bitiktoshni Kultegin bitiktoshi bilan birga 1889-yilda rus olimi N. M. Yadrinsev Moʻgʻulistonning Kosho Saydam vodiysida Koʻkshin Urxun daryosi boʻyidan topgan. Yodgorlik matni nemis, fransuz, dan, ingliz va rus tillariga tarjima qilingan, turk va oʻzbek tillarida tavsif etilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Malov S. Ye., Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti, M., 1951; Abdurahmonov F., Rustamov A., Qadimgi turkiy til, T., 1982.