Bilignost (Bilignostum) — oʻt pufagi va oʻt yoʻllarini rentgenda tekshirib, suratini olish uchun ishlatiladigan kontrast modda. Adipinat va triyodmetaaminobenzoat kislota hosilasi. Oq kristall poroshok, suvda yaxshi eriydi. Tarkibida yod koʻpligiga karamay, uncha zaharli emas. Organizm yodga ortiqcha sezgir boʻlganda, jigar faoliyati izdan chiqqanda, Bazedov kasalligi avj olganda B.ni ishlatish yaramaydi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil