Bilik – 1) qadimgi turkiy qavmlarda ilm, bilish, hikmatli soʻz, dono maslahat maʼnosini anglatuvchi soʻz. Mahmud Qoshgʻariyning „Devonu lugʻotit turk“, Yusuf Xos Hojibning „Qutadgʻu bilig“ asarlarida koʻp qoʻllangan. 2) Chingizxon hayot chogʻida aytgan va yozib qoldirilgan hikmatli soʻzlar majmui. B. moʻgʻul xonlari oʻrtasida zoʻr eʼtiborga ega boʻlgan va dare sifatida oʻqitilgan. Xitoyda bir vaqtlar daʼvogarlardan kimni taxtga oʻtqazish masalasi oʻrtaga qoʻyilganda, B.ni qay darajada bilishini sinab koʻrish lozim topilgan va B.ni yaxshi bilganlardan biri taxtga oʻtqazilgan. Chingizxon B.laridan ayrimlari Rashiduddinning „Jome attavorix“ kitobining ilovasida keltirilgan. B.ning bizgacha yetib kelgan dastlabki yigʻindisi – „Mongol un Niucha tobchon“ („Moʻgʻullarning sirli tarixi“) 1240-yilda tuzilgan boʻlib, mulk, oila, nikoh, jinoyat va jazo, maʼmuriy hamda boshqa huquqiy meʼyorlarni oʻz ichiga olgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil