Bilol ibn Raboh

Ummat ichida qadrli kishilardan biri edilar. Paygʻambarimiz vafotidan soʻng faqat ikki marta azon aytganlar.

Bilol ibn Raboh (Arabcha - بلال بن رباح )toʻliq ismi Abu Abdullo Bilol ibn Raboh al-Habashiy (? - 641) - islom tarixidagi birinchi muazzin. Baland, shirali, taʻsirli ovozga ega boʻlgan. Asli habashistonlik, Makkada islomni birinchilardan boʻlib qabul qilgan qullardan. Xojasi Umayya ibn Halaf islomdan voz kechishni talab etib, Bilolga toqat qilib boʻlmas azoblarni bergan. Abu Bakr Siddiq (ra) Bilolni Umayyadan sotib olib, ozodlikka chiqargan. [[Muhammad s.a.v. bilan Madinaga hijrat qilgan. 622-yil Madinada ommaviy azon aytish joriy etilganda u birinchi boʻlib baland ovozi bilan musulmonlarni namozga chorlagan va bir necha yil davomida Muhammad s.a.v.ga muazzinlik qilgan. Paygʻambarimiz vafotlaridan soʻng Shomda yashagan va hazrat Husayn r.a.

Bilal.jpg
Bilolning qabri
iltimosiga koʻra Madinaga kelganida bir bor bomdod namozi azonini aytgan, degan rivoyat bor. Qabri Damashq shahrida

Bilol r.a.ga qadar namozga chorlov namoz vaqti, namoz vaqti deya chaqiriq bo‘lgan bu hayqiriqni Abdulloh ibn Zayd amalga oshirganlar. Bir muncha vaqtdan so‘ng Azon so‘zlari Abdulloh ibn Zaydning tushlarida ayon bo‘lgan. Shundan so‘ng ovozlari shirali va baland bo‘lgani uchun Bilol r.a. ga azon aytish masuliyati yuklatilgan. Bilol r.a. tahajjud vaqtida ham azon aytganlar.

Bilol haqidagi hadislarTahrirlash

ManbalarTahrirlash