BINE (Binet) Alfred (1857.8.7, Nitssa — 1911.18.10, Parij) — fransuz psixologi, tibbiyot va huquqdri (Parij universiteti). B. Fransiyada ochilgan birinchi eksperimental psixologiya lab.ning asoschisi (Sorbonna, Parij). U qobiliyat, ruhiy rivojlanish, individual psixologik tafovutlar sohalarida olib borgan tadqiqotlari bilan mashhur. T. Simon bilan birgalikda ilk bor intellektning akliy rivojlanish saviyasini oʻrganuvchi psixometrik test (BineSimon aqliy rivojlanish shkalasi)ni ishlab chiqqan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil