Biofiltr (bio... va filtr), biologik filtr — oqova (mas, korxonalardan chiqqan) suvlarni biologik yoʻl bilan tozapaydigan inshoot. Filtrlovchi materiallar (bugʻ qozoni shlagi, granit chaqiq toshi. shagal, keramzit va boshqalar) toʻldirilgan qush tubli doyra va toʻrt burchak shakldagi rezervuardan iborat, tublari orasidagi masofa kamida 0,4 m. Filtrlovchi qatlam balandligi 1,5–2 m; filtrlovchi qatlam donalari yirikligi 30–50 mm; pastki toʻshama qatlam qalinligi 60–100 mm. Oqova suv filtrlovchi material orqali oʻtganda uning sirtida biologik parda (oqova suvning bakteriyasi, zamburugʻi, oksidlovchi va minerallovchi organik moddalari) hosil boʻladi. Unda suv ichidagi organik moddalar turli mikroorganizmlar hayot faoliyati tufayli parchalanadi va suv tozalanadi. Atrof muhit ekologiyasini, oqova (oqindi) suvlar borib qoʻshiladigan okar suvlarning sifatini yaxshilashda B.ning ahamiyati katta.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil