Biogen elementlar
Biogen elementlar — organizmlar tarkibida doim boʻladigan va ularning hayot faoliyatida muhim rol oʻynaydigan kimyoviy elementlar. Ularga avvalo kislorod, uglerod, vodorod, kalsiy, azot, kaliy, fosfor, magniy, oltingugurt, xlor, natriy, temir kiradi. Analitik kimyo va spektral analiz muvaffaqiyatlari tufayli organizmlar tarkibida juda oz miqdorda boʻladigan elementlar (mikroelementlar) topilmoqda va ularning biologik roli aniqlanmoqda. Tabiiy sharoitda organizmlarning hujayra va toʻqimalarida mavjud boʻlgan barcha kimyoviy elementlar muayyan fiziologik rol oʻynaydi. Organizmlar tarkibidagi elementlarning miqdori shu organizmlar turining xususiyatlariga, muhit, ovqat tarkibiga (jumladan, oʻsimliklar uchun — tuprokdagi tuzlar konsentratsiyasiga va eruvchanligiga), organizmning ekologik xususiyatlari va boshqalarga bogʻliq.
Biogen elementlar dan birortasi organizmda yetarli miqdorda boʻlmasa kasallik roʻy beradi (biogeokimyoviy endemiyalar), mas, suvda va ovqatda yod yetishmasa, odam buqoq boʻladi yoki bor yetishmaganda qand lavlagi qora dogʻli boʻlib qoladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |