Biogeokimyoviy provinsiyalar
Biogeokimyoviy provinsiyalar — organizmlar tarkibidagi kimyoviy element (birikma)ning miqdoriga koʻra bir-biridan farqqiladigan oblastlar. Biogeokimyoviy provinsiyalar da ayrim kimyoviy elementning kam yoki ortiq boʻlishi oqibatida oʻsimliklar va hayvon organizmlarida turli biologik oʻzgarishlar roʻy beradi. Biogeokimyoviy provinsiyalar kichik maydonni yoki butun qitʼani oʻz ichiga olishi mumkin. Biogeokimyoviy provinsiyalar ni Oʻzbekistonda birinchi boʻlib M. A. Rish oʻrgandi (1960). U Oʻzbekiston hududini uchta katta Biogeokimyoviy provinsiyalar ga ajratgan: 1. Avtomorf provinsiya gipsli, qumli choʻllar va tog atrofi chala choʻllarini oʻz ichiga oladi. Bu provinsiyalarning tuprogʻi tarkibida mikroelementlar miqdori kam boʻladi. 2. Gidromorf provinsiya — qayirlar, katta dare deltalari va yer osti suvlariga yaqin qiyaliklarni oʻz ichiga oladi. Unda marganes, molibden, bor mikroelementlari toʻplangan, tuprokda organik elementlar miqdori yetarli boʻladi. 3. Togʻlik va interzonal provinsiyalarga Zarafshon, Turkiston tizmalari va ularning garbiy tarmoklari atrofi kirdsi. Ayrim joylardagi tuproklar molibden vanadiy, xrom va boshqa mikroelementlarga boy. Tuprokdagi mis miqdoriga binoan Oʻzbekiston hududi yana 2 katta provinsiyaga boʻlinadi: 1. Mis kam bulgan provinsiya — bu yerdagi hayvonlar koʻpincha enzootik ataksiya va dermatit kasalliklariga yoʻliqadi. Oʻzbekistonda xronik formadagi bu kasalliklarni xalq burang, boʻriq, belangi, belqurti, boyqush xatlagan, choʻnqayma deb ataydi. Bu kasallik koʻpincha qoʻzi va uloklarda uchraydi. 2. Mis miqdori oʻrtacha boʻlgan provinsiya; bu yerdagi chorva mollari kup kasallanmaydi. Joylarni Biogeokimyoviy provinsiyalar ga boʻlish q. x.da kimyoviy elementlardan ratsional foydalanishda, zootexnikada va boshqa sohalarda katta ahamiyatga ega.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |