Biokompyuter
Biokompyuter — oʻta tezkor va katta integratsiya koeffitsiyentiga ega boʻlgan biomikrosxemalar asosida yaratilgan elektron hisoblash mashinasi. B. yaratish uchun molekulyar elementlar va molekulalar tizimi (ansambli)ni loyihalash, molekulyar elementlardan eng koʻp foydalanuvchi yangi biomikrosxemali texnikani ishlab chiqish va bioqurilma hamda tizimlarni ishlab chiqarishning tamoman yangi texnologiyasini, mas, submikron va nanotexnologiya kabi jarayonlarni ishlab chikish zarur. Hozirgi vaqtda bu yoʻnalishlarda anchagina muhim nazariy va amaliy natijalarga erishilgan. B.larning turli loyihalari mavjud. B.ning asosiy qismlari: axborotni matritsaviy parallel usulda kiritish qurilmasi; molekulyar tezkor xotiraga ega boʻlgan molekulyar mikroprotsessor; axborotni optik usulda kiritish va chiqarish qurilmalari. Axborotlarni toʻplash, tarqatish, ularga ishlov berish va boshkaruv tizimlari kabi qurilmalar B. asosida loyihalansa, har tomonlama ixcham va iqtisodiy jihatdan arzon boʻlgan koʻp funksiyali biokomplekslarni ishlab chiqish imkoniyati paydo boʻladi. B. va biokomplekslar yaratish yuzasidan ilmiytexnikaviy izlanishlar, ayniqsa, biosxemotexnika va yangi texnologik jarayonlar bilan bogʻliq ishlar olib borilmoqda.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |