Biologik hosil
Biologik hosil, tupdagi hosil — maʼlum bir maydondagi oʻsimlik tuplarida yetilgan hosil, oʻz vaqtida boshlanadigan yigʻimterim oldidan dalada yetilgan tayyor mahsulot miqdori. Biologik hosil ekinlar (don, paxta, mevalar va boshqalar) hosilini yigʻish oldidan xoʻjalik mutaxassislari tomonidan aniklanadi. Biologik hosil bilan birga haqiqiy hosil—1 ga dan yigʻib olingan haqiqiy hosil (omborga tushgan hosildorlik)— yigʻilgan va xatlangan mahsulot tushunchasi ham qoʻllanadi. Biologik hosil ombor hosilidan koʻproq boʻladi. Biologik hosil ishlab chiqarishning asosiy vazifalaridan biri Biologik hosil ni ombor hosiliga aylantirishdan iborat, bu esa yigʻimterimni oʻz vaqtida toʻgʻri tashkil etishga bogʻliq (qarang Hosildorlik).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |