Biologik regress — organizmlarning evolyutsion inqirozga yuz tutishi; biologik progressning aksi. Biologik regress ga uchragan taksonlar individlarining soni qisqarib, ular areali torayib boradi, mazkur taksonning kichik guruhlari soni kamayib ketadi, yaxshi moslasha olmasdan qolgan yoki boshqa organizmlar bilan yashash uchun kurashda dosh berolmagan individlar qirilib ketadi. Biologik regress ga uchragan turlar yoki boshqa taksonomik guruhlar qirilib ketishi mumkin (qarang Regress).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil