Biotip
Biotip (bio… va yun. typos – namuna, nusxa) – mahalliy populyatsiya tarkibiga mansub oʻsimlik turining tashqi koʻrinishi bilan farqlanmaydigan, lekin biologik va fiziologik xususiyatlari boshqacha va oʻzgarmas boʻlgan guruhi. Chetdan changlanuvchi turlar populyatsiyalarida avlodni alohida ajratib qoʻyib takroriy tanlash bilan yoki bir-biriga yaqin turlarni koʻp martalab chatishtirib (qarang Inbriding) koʻpaytirish yoʻli bilan biotip chiqarish mumkin. Baʼzan koʻp turlardan tashkil topgan va muayyan yashash sharoitlaridan foydalanishiga koʻra oʻxshash moslanishlarga ega boʻlgan organizmlarning katta guruhlari ham biologik tiplar yoki xayotiy formalar deb ataladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |