Biozona (bio... va zona)—biror sistematik guruh (tur, urugʻ—turkum, oila)ga kiradigan qazilma organizmlarning vertikal boʻylab tarqalganini koʻrsatuvchi togʻ jinslari qatlami (startigrafik interval). Yoshiga koʻra qazilma organizmlar muayyan sistematik guruhi evolyutsiyasi davriga toʻgʻri keladi. B. terminini ingliz geologi S. Bakmen 1902-yilda taklif etgan. "B." termini bilan bir qatorda qazilma organizmlar majmui boʻyicha aniqlanadigan stratigrafik zona tushunchasi ham mavjud. Yana q. Biostratigrafiya.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil