Birinchi signal sistemasi
Birinchi signal sistemasi – tashqi va ichki muhit taʼsirotlari (yorugʻlik, tovush va hokazo) odam hamda hayvonlarning reseptorlarta taʼsir etganda, bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻida hosil boʻladigan nerv jarayonlari majmui. Birinchi signal sistemasi voqelikni sezgi va tuygʻular shaklida bevosita aks ettiradigan asosdir. Birinchi signal sistemasi terminini I. P. Pavlovjoriy etgan (1932). Uning taʼkidlashicha, hayvonlar koʻruv, eshituv va boshqa reseptorlarga taʼsir qiladigan taʼsirotlar tufayligina voqelikni sezib turadi. Odamda bevosita taʼsirotlarni idrok etadigan birinchi signal sistemasi va nutqni idrok etadigan ikkinchi signal sistemasi bor; bu ikkala signal sistemasi sifat jihatidan turlicha boʻlsada, bir-biri bilan chambarchas bogʻlangan, bir butun holda (oliy nerv faoliyati qonuniyatlari asosida) ishlaydi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |