Blasto sel (blasto... va yun. Koilos — boʻshliq), segment boʻshliq, boʻlinish boʻshligʻi, birlamchi tana boʻshligʻi — hayvonlar embrional rivojlanishi davrida blastomerlar oraligʻida hosil boʻladigan boʻshliq. B. kimyoviy tarkibiga kura atrof muhitdan farq qiladigan suyuqlik bilan toʻlib turadi. B. blastulyatsiyaning oxiri, yaʼni blastula davrida ancha kengayadi. Blastulyatsiya jarayonida B.ni siljib kelayotgan hujayra elementlari astasekin siqib qoʻyadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil